So’nggi yangiliklar

22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  1 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  3 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  32 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  4 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1

Anvar G'ofurov: Minskning iqlimiga gap bo'lishi mumkin emas Yangiliklar

Anvar G'ofurov: Minskning iqlimiga gap bo'lishi mumkin emas

Bunyodkorning Minskdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari yakunlanib bormoqda. Jamoaning tajribali o'yinchisi Anvar G'ofurovning yig'in haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Jamoada hammasi joyida. Futbolchilar bir-biri bilan ahil, barcha bir bo'lib o'yinimizni yanada yaxshilash, natija ko'rsatish uchun mehnat qilyapti. Murabbiylar shtabi tomonidan berilayotgan vazifalar, yuklamalar, ko'rsatmalarni bajarish biz futbolchilarga zavq bag'ishlayapti, desam to'g'ri bo'ladi. Buni o'yinchilarning yuz-ko'zidan, harakatlaridan bilish mumkin. Minskning iqlimiga gap bo'lishi mumkin emas!

Ikkinchi davraga tayyorgarlikni yurtimizda ham o'tkazishimiz mumkin edi, lekin issiq iqlimda yuklama olish bilan hozirgidek salqinda jismoniy kuchga ishlashning orasida farq bo'ladi. Issiqdagi yuklamalar ziyonimizga ham ishlashi mumkin. O'ylaymanki, mazkur yig'indagi yuklamalar ikkinchi davrada bizga foyda beradi.

Agar hozirgi holatimizda ikkinchi davraga kirib borsak, o'ylaymanki, ko'plab raqiblarimizga muammo bo'la olamiz va asabiga tegamiz. Minsk yig'ini davomida hozirgacha uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Aytish kerak, uchchala raqib ham kaminada ijobiy taassurot qoldirdi. To'g'ri, barcha o'yinlarda g'alaba qozonganimiz raqiblarni kuchsiz ko'rsatar, ammo men unday demagan bo'lardim. Sababi, bu bahslarda biz o'z o'yinimizni topa oldik. SHu bois to'p nazorati bo'yicha raqibdan ustunlik qildik. Nazarimda Belorus klublari paslarga asoslangan futbol o'ynamaydi, balki shuning uchun ular bizning o'yinga moslasha olmadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика