Anvar Berdiev: "Istiqlol" tobora farg'onalik futbol muxlislarining sevimli jamoasiga aylanib bormoqda"
04 apr 2019 21:53
Yangiliklar
Anvar Berdiev: "Istiqlol" tobora farg'onalik futbol muxlislarining sevimli jamoasiga aylanib bormoqda"
Avvalambor yangi mavsum boshlanganligi bilan barchani tabriklayman. Mavsumning boshi, dastlabki uchrashuvda futbolchilarda bir oz hayajon kuzatiladi. SHunday bo'lsada bugungi o'yinda g'olib bo'ldik, jamoamiz muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. “Istiqlol” tobora farg'onalik futbol muxlislarining sevimli jamoasiga aylanib bormoqda. Boshlanishi yaxshi boshlandi, aytishadiyu, qanday boshlasang, shunday davom etadi deb. Bundan buyog'iga ham uchrashuvlarda g'alaba qozonishga astoydil harakat qilamiz. Bugun kiritgan golimga kelsak, bu gol jamoadoshlarimning mehnati evaziga yuzaga keldi, futbolda jamoaviy o'yin muhim ahamiyatga ega.
Bugun derbi maqomidagi o'yin o'tkazdik. “Iftixor” yaxshi shakllangan jamoa ekan, keyingi uchrashuvlarda bu jamoa vakillariga omad tilayman.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar