Eshitdik-da! "Sho'rtan" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi

Sherzod Nurmatov
5 may 2025
"Sho'rtan" bosh murabbiyi Anvar Berdiev G'uzor klubi bilan xayrlashdi.

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, "Sho'rtan" ustozi Anvar Berdiev futbolchilar bilan xayrlashgan.

Berdiev 2023 yil 28 apreldan buyon jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi. 

"Sho'rtan" kecha 7 yillik tanaffusdan so'ng G'uzorda Superliga uchrashuvini o'tkazdi va "Dinamo"dan 1:3 hisobida engilgan edi.

Ma'lumot o'rnida, "Sho'rtan" 8 turda umuman g'alaba qozonmadi va 1 ochko bilan oxirgi o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia