Angliya termasi hujumchisi "CHelsi" va MYU taklifini rad etib, Saudiya Arabistoniga yo'l olmoqda
30 avg 14:38
Yangiliklar
Angliya termasi hujumchisi "CHelsi" va MYU taklifini rad etib, Saudiya Arabistoniga yo'l olmoqda
Angliya terma jamoasi hujumchisi Osiyoga yo'l oladigan bo'ldi.
Jurnalist Loik Tanzi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida 28 yoshli Ayven Touni faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishini malum qildi. Insayderning xabariga ko'ra, bugun tongda "Brentford" "Al Ahli"ning Touni bo'yicha taklifini qabul qilgan. Transfer summasi — 42 million evro.
Yozda Ayven Touni Angliya termasi safida Evropa chempionatida ishtirok etdi. "Brentford"da esa 2020 yil sentyabridan buyon hujumchi 141 rasmiy o'yinda maydonga tushdi va 72 ta gol urib, 23 ta golli uzatma etkazib bergan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ayven Touni APLning boshqa klublari, jumladan "Manchester Yunayted" va "CHelsi" safiga o'tishi mumkinligi aytilgandi.
Fikrlar