Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Husanov haqida gapirdi
21 mar 11:30
Yangiliklar


Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Husanov haqida gapirdi
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Dion Dablin "Manchester Siti"da o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qanday baho berilayotgani haqida so'zlab berdi.
"U nimadir noto'g'ri ketganida yordamga keladigan o'yinchi – doim etibor markazida. Bazida omad kelmayotgan bo'lsa-da, yomon futbolchi emas. "Manchester Siti" vakillari va klubga yaqin odamlar bilan suhbatlashganda, ular uni tajovuzkor, to'pni yaxshi boshqaradigan, tez harakat qiladigan o'yinchi sifatida tariflashmoqda. Uning ko'plab afzalliklari bor", – dedi sobiq futbolchi.
Dablin "Manchester Yunayted", "Koventri" va "Aston Villa" jamoalaridagi o'yinlari bilan nom qozongan. U Angliya Premer-ligasida 312 o'yin o'tkazib, 111 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar