Angliya premer ligasi. Serxio Aguero va Maurisio Pochettino oktyabr oyi laureatlari
08 noy 2013 16:39
Yangiliklar


Angliya premer ligasi. Serxio Aguero va Maurisio Pochettino oktyabr oyi laureatlari
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero Angliya premer-ligasida oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deb xabar bermoqda APL rasmiy tvitteri.
O'tgan oydagi uchta o'yinda argentinalik futbolchi to'rtta gol urdi va ikkita golli pas oshirdi. Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb "Sautgempton" ustozi Maurisio Pochettino tan olindi. Ushbu klub o'tgan oy uchta o'yinda ikkita g'alabaga erishdi va bir marta durang qayd etdi.

Fikrlar