So’nggi yangiliklar

14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  1 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  1 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  10 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0 10:30“Барселона“ Ямал ва Рафинья учун 7 та футболчидан воз кечишга тайёр  15 10:21Сергей Лебедев: “Маҳоратли футболчилар мезбонлар ғалабасига муносиб ҳисса қўшишди”  3 09:53“Рома“ ҳужумчисига Туркия грандлари қизиқиш билдирмоқда  0 09:19“Реал Мадрид“ 60 миллион евролик трансфер бўйича келишувга эришди (Фабрицио Романо)  19 08:49Сергей Лушан: “Беш баллик тизимда менимча, жамоа ўйинини 3 баллга лойиқ кўрса бўлади”  2 08:20Мавсум якунида Ла Лигадан тушиб кетадиган яна бир жамоа номи маълум  3 07:51Аббосбек Файзуллаев кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  5

Andreas Inesta: “O'zimni fahriy, lekin hali ketish nuqtasiga etmagan deb his qilaman” Yangiliklar

Andreas Inesta: “O'zimni fahriy, lekin hali ketish nuqtasiga etmagan deb his qilaman”

Teglar :  InestaBarselona
Andreas Inesta Ispaniyaning “El Pais” nashri muxbiri bilan suhbatda yangi mavsum, o'zi duch keladigan sinovlar va boshqa masalalar to'g'risida savollarga javob berdi.


- Evropa Superkubogini boshingiz uzra ko'targanda qanday xayollar keldi?

- Baxtli edim, chunki kun shunday tugashini istardim. O'yin yakuni qanday kechgani sababli bundan yanada baxtiyor bo'ldim.

- Sizga futbolda qo'rquv va keskinlik muhimmi?

- Ha, faqat futboldagina emas. Barchamiz bizni chorlaydigan narsalar sari yuramiz. Ijobiy kayfiyat odamlarga hayotda qiyin lahzalarni engib o'tishda yordam beradi. Futbolchilarda ham shunday. Oldinga qarab yurish uchun ruhiy barqarorlikni topish lozim.

- Sizda barcha narsa bor: oila, muvaffaqiyat, mashhurlik, pul. Yana qanday orzu qolgan?

- Ko'p narsalar. Hayotdan qoniqish senda barchasi bor ekanligi sababli kelmaydi. Bazan o'zingni bo'shday sezasan va nima uchun bunday bo'lishini bilmaysan. Moddiy narsalar baxt berish uchun etarli emas. Futbolchilarga odamlar bodan kechiradigan narsalar begona sanalmaydi. Biz ham hayotda salbiy vaziyatlardan o'tamiz. Lekin men o'zimga omad kulib boqqan deb his qilaman. Har kuni yoqtirgan ishim bilan shug'ullanaman. O'zim sevgan insonlar og'ushidaman va o'zim hamda atrofdagi odamlar uchun ajoyib lahzalarni yashab o'taman.

- Sizda sardorlik bog'ichi ham bor.

- Bu boshqacha narsa. Bu ilhom va qo'shimcha masuliyat keltiradi.

- Sardorning vazifalaridan biri hakam bilan bahslashish. Siz shunday holatga tayyormisiz?

- Gap baland qichqirishda emas. Har birimiz fikrimizni etkazish va tinglash imkoniyatiga egamiz. Oddiy bahs va isbot o'rtasida oraliqni topish kerak. Har qanday holatda fikringizni tushuntirish orqali ko'p narsaga erishish mumkin.

- Kiyinish xonasida o'rtakash kabi vazifani bajarish zarur bo'lganda bundan noqulaylik his qilmaysizmi? O'tgan mavsum Xavi Messi va Luis Enrike til topishishi uchun xizmat qilishiga to'g'ri keldi.

- Sardor bo'lish bunday holatlarda qatnashish va nimalar bo'layotganidan xabardor bo'lishni bildiradi. Lekin ehtiyotkor holda, barchasini o'ylab ko'rib qilish darkor. Bizda hozir muhit juda yaxshi ko'rinishda.

- Kiyinish xonasida o'zingizni faxriy deb hisoblaysizmi?

- O'zimni yoshim sababli faxriy deb hisoblayman va klubda qancha vaqt o'tkazganim tufayli. Boshqa tomondan men yoshman, sovrinlar yutish va o'yindan zavq olish uchun ishtiyoqim etarlicha. Futboldan ketishni istaydigan nuqtaga etib borganim yo'q.

- Yosh o'yinchilar jamoaga kelganingizda hammasini qanday bajarganingiz haqida maslahat so'rab turishadimi?

- Hamma narsa o'zgardi, hayot ham. Men uni yaxshi yoki yomon bo'ldi demoqchi emasman, lekin hozir barchasi men jamoaga kelganimdan boshqacharoq. Faxriylarga ham avvalgidek qarashmaydi. Hurmatsizlik emas, lekin oxirgi 10-12 yilda asosiy tarkibda asosan shu erda voyaga etgan futbolchilar qo'shilishdi. SHuning uchun ularga barchasiga etishi qiyinmasdek ko'rinadi, aslida bunday bo'lmasa ham.

- Hozir asosiy tarkib uchun raqobat har doimgidan qiyinroqdek. Bunga qo'shilasizmi?

- Hamisha shunday bo'lgan. Klub oldiga qo'ygan maqsadlar tufayli shunday. Har doim o'yinimizni yaxshilab borishimiz lozim. Albatta, raqobat bo'lishi shart. Lekin qichqirish yoki qoida buzish bilan raqobatbardosh bo'lib qolmaysan. Biz shunchaki yaxshi bo'lishni xohlaymiz. Bu asosiy tarkibga kirish va undan joy olishning asosiy talabidir.

- Sovrinlar yutish xohishi qanchalik muhim?

- Bu ishtaha hech qachon o'tib ketmaydi. Qaysidir sovrin boy berilgan bo'lsa, bu uni yutishni etarlicha istamaganing yoki zarur bo'lgan saviyada o'ynamaganingni bildiradi. CHunki malum vaziyatda to'p darvozaga borib tushmaydi.

- Luis Enrike qo'l ostida biror marta qanotda o'ynamadingiz. Faqat maydon markazida harakat qilyapsiz.

- Hamisha murabbiy qarorini hurmat qilaman, chunki u jamoa uchun nima yaxshiroq ekanligini biladi. Asosiy poziciyam hujumkor yarim himoyachi ekanligini barcha biladi, biroq malum holatlarda qanotlarda ham yaxshi o'ynay olaman. O'zimni bu joyda noqulay his qilmaganman. Yaxshiroq o'ynashim uchun to'p bilan bo'lishim darkor. Farq mana shunda. Markazda to'p doim sen orqali o'tadi, qanotda esa uni kutish lozim. Qanotda o'ynash oson emas, o'zimni to'liq ko'rsata olmasligim mumkin.

- FIFAning cheklovi jamoaga qanday tasir qildi?

- Bu hodisa salbiy tasir ko'rsatdi. Bu yoqimsiz va hayotimizni qiyinlashtiradi. Lekin biz yuqori saviyada bo'lishimiz darkor, chunki pastga qulash juda oson.

- La Liga yana ikki jamoaning poygasiga aylanadimi?

- “Valensiya”va“Sevilya”– ajoyib jamoalar. “Atletiko”raqobatbardosh bo'lishi mumkinligini ko'rsatdi. Lekin barchasi biz qanday qatnashishimizdan kelib chiqadi. Biz oxirgi yoki ikkinchi o'rindagi jamoa bilan o'yinlarda bir xil holatda bo'lishimiz lozim. Bu g'alaba qozonishning yagona yo'li. Qog'ozda ko'p jamoalardan kuchlimiz, biroq to'liq o'zimizni bermasak, zafar quchmaymiz. Bazan o'zimizga qarshi o'ynaymiz. Luis Enrike buni yaxshi tushunadi. Biz faqat boshqa jamoalarga qarshi o'ynamaymiz, balki o'zimiz bilan ham bahslashamiz.

- “Real” haqida qanday o'ylaysiz?

- Ularning mavsumga tayyorgarligini kuzatmadim. Lekin ularning tarkibi va murabbiyini ko'rib, ular har doim sovrin uchun kurashishini aytish mumkin. Benites jamoaga aynan nima keltirishini bilmayman, lekin u ajoyib mutaxassis.

- Angliyada kuchingizni sinab ko'rish fikri sizga tinchlik bermaydimi?

- Hech qachon bunday o'y bo'lmagan. Bu erda baxtliman, uch yillik shartnomam bor. Men uchun “Barsa”dan yaxshiroq jamoa yo'q. O'zingni bunday his qilganingda atrofda boshqa doirasini ko'rmaysan.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика