So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

"Andijon"ning jami qarzlari necha milliard? Klub sport direktori bilan suhbat Yangiliklar

"Andijon"ning jami qarzlari necha milliard? Klub sport direktori bilan suhbat

"Tezkor Studiya" ning galdagi soni "Andijon" jamoasi atrofidagi voqealarga, klubni moliyaviy holati va boshqa masalalar bo'yicha fikr yuritildi.

Ko'pchilikning qiziqtirgan savollarga "Andijon" klubi sport direktori Islombek Rustambekov javob berib o'tdi (efir "Paxtakor" bilan o'yindan bir necha soat oldin tashkil qilingan).

"Jamoamiz haqida OAVlarda turli maqolalar chop etilmoqda. Darhaqiqat, bu yil jamoamizda moliyalashtirish etarli darajada bo'lmagani bois "Qo'qon-1912" bilan o'yindan so'ng rahbariyat futbolchilarga javob berib yuborishga qaror qildi. Moliyalashtirish masalasida viloyat hokimligi qolaversa bosh homiy "Uzauto motors" tomonidan etibor bo'lmadi. Jamoa o'rinbosarlari "Paxtakor" o'rinbosarlari bilan o'yinga yuborishni imkonini qila olmadi. Ertalab soat 11 ga qadar ham asosiy tarkib azolarini o'yinga borishi so'roq ostida turgandi. Ammo, viloyat hokimligidan uchrashuvga borib o'tkazib kelish borasida topshiriq bo'ldi.

Hozirda "Andijon" jamoasi "Andijon futbol sport PFK" MCHJ nomi ostida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu MCHJ 2016 yil 4 fevral kuni ochilgan. Klubda kim rahbar bo'lib kelgan bo'lsa bunga qadar uning o'zi firma MCHJ ochib klubni faoliyatini davom ettirib kelgan. 2016 yilda klubga kelgan Marufjon Abdusalomov ham o'ziga firma MCHJ ochib faoliyatni davom ettirgan. Ko'pchilik klub hususiy bo'lsa nega "Uzauto motors" dan yordam kutadi degan savolni berishadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi PD-2821 sonli qarorida "Andijon" jamoasiga Asaka shahridagi avtomobil ishlab chiqaradigan zavod biriktirilsin degan qarori bor. SHunga asosan klub ulardan moddiy yordam so'rab murojaat qiladi.

8 milliard so'm qarzdorlik haqida? Qarzdorlik unchalik katta emas. Umumiy hisoblaganda qarzdorlik 3-4 milliard so'm atrofida. 2018-2019 yillar bo'yicha ham qarzdorliklar qolgan. Sababi smetada ko'rsatilgan pullar to'liq tushmagan. SHuning hisobiga 2019 yilda klubda faoliyat yuritgan legionerlar va mahalliy futbolchilar oldida oylik maoshlaridan qarzdorliklar qolgan. Jamoa Toshkentda yig'in o'tkazganda O'zbekiston mehmonxonasida istiqomat qilgan, klubga ekipirovkalar olingan. SHu qarzdorliklar to'planib to'planib katta bo'lib ketgan.

Ishchi xodimlar may oyigacha bo'lgan davrda oylik olishgan. Mana hozir iyun, iyul, avgust o'tib bormoqda hali maosh olishganicha yo'q. Futbolchilarga rahmat aytish kerak, mana shunday qiyin sharoitda pulni birinchi o'ringa qo'ymasdan o'ynab berishmoqda. Safar o'yinlariga, yo'l harajatlari, ovqatlanishlarga pul ajratilmasa ham natija uchun to'p tepib harakat qilishyapti. Klub rahbarlari yoshlarga etibor qaratishda davom etmoqda, ularga o'yin amaliyoti berilib kuchliroq klublarga yo'l olishini istaymiz.

1964 yilda tashkil topgan klubni o'z-o'zidan yo'q bo'lib ketishi mumkin emas. Albatta viloyat hokimi SHuhrat Qo'shakbaevich Abdurahmonov bizga munosib homiyni biriktiradilar degan umiddamiz. Mahalliy ishqibozlar futbolni yaxshi ko'radi, ular ham qayg'urishmoqda",- deydi "Andijon" klubi sport direktori Islombek Rustambekov.


"Tezkor studiya"ni to'liq holda tomosha qiling: 



Reyting: -28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика