"Andijon": chernogoriyalik futbolchilar etib kelishdi
13 jan 2022 16:24
Yangiliklar
"Andijon": chernogoriyalik futbolchilar etib kelishdi
"Bizga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra bugunga anonsi berilgan, bosh murabbiy bilan uyushtiriladigan suhbat ertaga qoldirildi. Boshqa xabarlarga o'tadigan bo'lsak, chernogoliyalik ikkala legionerimiz Toshkentga tunda uchib kelishgani sababli, biroz charchoq alomati bilingan. Qolaversa, 4 soat vaqt mobaynida Toshkentdan Andijongacha bo'lgan masofani bosib o'tishgan. Bazaga kirib, joylashishib, darrov uyquga ketishgan. Tushlikni ham biroz kechroq qilishdi. Klub vice-prezidenti Jahongir Nuriddinov chernogoriyalik yangi futbolchilarimiz bilan uchrashib, birgalikda tushgan rasmlarini etiboringlarga havola qilmoqdamiz", - deyiladi klub xabarida.
Gap Bogdan Milich va Goran Miloykolar haqida ketmoqda.
"Andijon"ga uch nafar legioner kelmoqda, ulardan biri "Osasuna"da o'ynagan
Fikrlar