"Manchester Siti" Florian Virc bilan muzokaralarni boshladi
11 mar 2025 20:25
Yangiliklar
"Manchester Siti" Florian Virc bilan muzokaralarni boshladi
"Siti" yangi mavsum taraddudini hozirdan boshladi.
"Bayer" klubi yarim himoyachisi Florian Virc va "Manchester Siti" klubi muzokaralar o'tkazmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Manbaning malum qilishicha, ayni damda "shaharliklar" Virc uchun kurashga qo'shilishgan. Yarim himoyachiga "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi, "Siti" esa myunxenliklar bilan kurashga tayyor. Ushbu mavsum unchalik ham omadi yurishmayotgan "Manchester Siti" yangi mavsumda tarkibda jiddiy kuchaytirishlarni amalga oshirmoqchi. Virc aynan shu maqsadda tashlangan qadam bo'ladi.
Malumot uchun, Virc ushbu mavsum barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda maydonga tushdi hamda 15 ta gol va 13 ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar