"Andijon"ga uch nafar legioner kelmoqda, ulardan biri "Osasuna"da o'ynagan

Alisher
8 yanv 2022
"Andijon" uch nafar legioner bilan kelishuvga erishdi.

"Chernogoriya mamlakatidan tashrif buyuradigan legioner masalasi ijobiy hal etildi va keyingi hafta boshlarida O'zbekistonga uchib kelishlari uchun klub tomonidan samolyotga chipta xarid qilindi. 

Surxonning sobiq o'yinchisi Vladimir Bubanya bilan qo'shib hisoblaganda uch nafar xorijlik bilan deyarli kelishuvga erishildi. Tibbiy ko'rikdan o'tganlaridan keyin to'laqonli shartnoma imzolanadi. Bandlari kelishib bo'lingan. 

Demak, chernogoriyalik futbolchilarning ikkisi Dmitrovgradning Iskra klubi sharafini himoya qilishgan. Bogdan Milich - 1987 yilda tavallud topgan va ampluasi hujumchi. 

Sherigi Goran Miloyko esa 1994 yilda tug'ilgan va markaziy yarim himoyachi sanaladi. Yig'inlar davomida yangi jamoadoshlari bilan tezroq til topishib, Andijonga katta foyda keltirishlaridan umidvormiz", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Takidlash kerakki, Bogdan Milich (bo'yi - 201sm) 2015-2016 yillarda Ispaniyaning "Osasuna" jamoasi libosida to'p tepgan.


AlisherMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати