So’nggi yangiliklar

01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  0 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  5 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  1 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0

Andijon bugun Norinni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Andijon bugun Norinni yirik hisobda mag'lub etdi

Vitaliy Legay boshqaruvidagi Andijon yangi mavsumga puxta hozirlik ko'rishga xarakat qilmoqda. Jamoa ayni damda o'z qarorgohida yig'in o'tkazmoqda.

Murabbiylar ko'rikda bo'lib turgan futbolchilarni kun ora sinov-nazorat o'yinlarini tashkil etgan xolda ko'zdan kechirmoqda. Bugun ham navbatdagi o'rtoqlik o'yini tashkil etildi. Haqqulobodning Norin jamoasi Andijonga tashrif buyurdi. SHo'rbuloq dahasida joylashgan FIMI stadionida kechgan uchrashuvda andijonliklar yirik hisobda g'alaba qozonib muxlislarini quvontirdi. Garchi bahs o'rtoqlik maqomini olgan bo'lsada maydonda futbolchilar g'alaba ilinjida bor kuchlarini berib xarakat qildi. Ayniqsa to'p uchun kurashlarda futbolchilar bir-birlarini ortiqcha ayab o'tirmadi. Natijada avvaliga mehmonlardan Javlon Iskandarov keyinchalik mezbonlardan Qahramon Mahamadjonov hakam tomonidan qizil kartochka bilan siylanib, maydonni sheriklaridan oldinroq tark etishga majbur bo'ldi.
Uchrashuvning tafsilotlariga to'xtalishdan avval shuni aytib o'tish joizki, Norin tarkibida shu kuni Farruh Turdaliev, Farruh Nurliboev, Murod To'ychiboev, Javlon Iskandarov, SHukur Jumaboev, Eldor Ergashev hamda Sarvar Safarov kabi o'yinchilar xarakat qildi.

O'yinning birinchi bo'limida mezbonlar hisobni ochdi. Maqsud Mahmudov burchak zarbsini amalga oshirdi. Havolatib jarima maydoni ichiga uzatib berilgan to'pni Baxtiyor Qosimov boshi bilan darvoza to'riga aniq joylab qo'ydi - 1:0. Tanaffusga qadar hisob boshqa o'zgarmadi.

Ikkinchi bo'limda har ikki jamoa murabbiylari tarkibda o'zgarishlarni amalga oshirib, zaxiradan yangi kuchlarni chiqara boshladi. Bu ko'proq Andijonga foyda keltirdi. Ayniqsa hujumchi Farruh SHotursunov maydonga tushib, o'yinni yanada kuchaytirdi. Aynan u ikkinchi golga assisentlik qildi. To'p bilan raqib jarima maydoni sari yurish qilib, ikki-uch futbolchini aldab o'tgan xolda to'pni yanada qulay vaziyatda turgan Abduvohidovga etkazdi. Alisher esa bundan unumli foydalanib qoldi. SHu o'rinda aytib o'tish lozimki, o'tgan mavsum yoshlar ligasi bahslarida to'purarlik salohiyatini namoyish etgan Alisher Abduvohidovdan bu yil muxlislarning umidi katta bo'lmoqda. Nihoyat u norasmiy o'yin bo'lsada, gollari hisobini ochib oldi. Umid qilamizki, iqtidorli hujumchimiz chempionat davomida ham gollari bilan jamoaga katta foyda keltiradi.

O'yindagi boshqa gollarga to'xtalib o'tamiz. Vaziyatlarning birida Norin futbolchilari hisobni bittaga qisqartirishga muvaffaq bo'ldi. Elyor Mo'ydinov o'zini ko'rsatdi - 2:1.

SHundan so'ng andijonliklar bunga javoban yana ikkita to'p kiritdi. SHotursunov to'pni egallab olib raqib jarima maydoni sari yurish qildi. O'z postini tashlab chiqqan posbon Farrux Turdalievni ham ustalik bilan aldab o'tib, bo'sh qolgan darvozani aniq nishonga ola bildi - 3:1.

SHundan so'ng mezbonlar hotirjamlikka berilmadi. Aksincha zahiradan maydonga chiqqan yoshlar katta ishtiyoq bilan hujum tashkil eta boshladi. Avaz Olimjonov jarima maydoni ichida darvozaga kuchli zarba yo'lladi. Turdaliev to'pni arang mushtlari bilan urib qaytardi. Qaytgan to'pga zarba berish uchun juda qulay turgan Farruh SHotursunov boshi bilan osongina darvozani ishg'ol etib o'z dublini rasmiylashtirdi. SHu tariqa uchrashuvda andijonliklar yirik hisobda g'alaba qozondi. Endi navbatdagi nazorat uchrashuvi 4 mart, shanba kuni Farg'onada Istiqlol jamoasiga qarshi kechadi.

02/03/2017
Nazorat uchrashuvi.
ANDIJON - NORIN 4:1
Andijon. FIMI stadioni.
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov.

ANDIJON:
Lochin Dolimov
Mansur Mahsudov
Qahramon Mahamadjonov
Ahror O'ktamov
Farruh Mirzaev
Baxtiyor Qosimov
Jahongir Maqsudov
Abdulaziz Yoqubov
Maqsud Mahmudov
SHahzod Karimov
Alisher Abduvohidov.

ZAXIRADAN TUSHGANLAR:

Aziz Abubakirov
Xusniddin Xusniddinov
Farruh Bekmuratov
Dilyor Rasulov
Avaz Olimjonov
Farruh SHotursunov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика