Anchelotti: “Oltin to'p”ni hech ikkilanmay Ronalduga topshirgan bo'lardim”
08 noy 2013 16:15
Yangiliklar


Anchelotti: “Oltin to'p”ni hech ikkilanmay Ronalduga topshirgan bo'lardim”
“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, “Oltin to'p” hujumchi Krishtianu Ronalduga topshirilishi kerakligini aytib o'tdi.
“Hech ikkilanmay “Oltin to'p”ni Ronalduga topshirgan bo'lardim. Fikrimcha Ronaldu ayni paytda eng yaxshi o'yinchi sanaladi. U CHempionlar ligasi va Ispaniya chempiontida to'purarlar ro'yxatida etakchilik qilib kelmoqda. Uning texnik ko'rsatgichlari ham boshqalarnikiga qaraganda yaxshiroq. U haqiqiy professional. Ronaldu o'yinning bir soniyasini ham bekorga o'tkazmaydi va har doim jangga tayyor turadi. O'tgan mavsum menga Ibragimovichning o'yini yoqqan edi. Messi? U har doim “Barselona” uchun muhim o'rin egallagan, biroq ayni paytda yuqori sport formada emas”, - deydi Anchelotti.

Fikrlar