So’nggi yangiliklar

01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  2 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  6 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  0 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  0 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  12 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  24 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  13 20:06Суперлига. ОКМК ВАР томонидан 13 дақиқа текширилган ҳамда япониялик футболчи томонидан урилган голлар эвазига 11 йилдан сўнг сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  62

Amerikaga ketish sababi, Qozog'iston chempionati darajasi, “Adelaida Yunayted”ga tarixiy golni urgan Alibobo Rahmatullaev bilan suhbat Yangiliklar

Amerikaga ketish sababi, Qozog'iston chempionati darajasi, “Adelaida Yunayted”ga tarixiy golni urgan Alibobo Rahmatullaev bilan suhbat

Bilamizki, hal qiluvchi pallalarda muxlislarga birgina gol bilan yorqin lahzalarni tuhfa etgan o'yinchilar bir umr yoddan chiqmaydi.

SHunday futbolchilardan biri, o'z vaqtida «Bunyodkor»dagi ajoyib o'yinlari bilan tanilgan Alibobo Rahmatullaevdir. Hozirda Qozog'iston chempionatida harakat qilayotgan futbolchini suhbatga chorladik va o'zimizni qiziqtirgan savollar bilan yuzlandik.

- Odatda diqqat markazidan g'oyib bo'lib qolgan futbolchilar haqida turli gap, so'zlar va shubhalar tarqali tabiiy hol hisoblanadi. Siz haqingizda ham mish-mishlar bolalagani haqiqat. AQSHda tadbirkorlik bilan shug'ullanayotganingiz haqida xabarni eshitgandik. Keyin bilsak siz Qozog'iston chempionati quyi ligasida to'p tepayotgan ekansiz...

- AQSHga borib kelganim rost. Ikkinchi ligasida malum muddat o'ynadim. Do'stlarim chaqirishdi, ularga yordam berdim. Bir davra Viktor Kumikov boshchligidagi AGMK jamoasida bir davra harakat qildim va ketishga qaror qildim.

- Qozog'istonga qay tariqa borib qoldingiz? Ochig'i, hech kim sezmadi ham...

- 2018 yilgi mavsum avvalida Qozog'istonning “Jas Qiran” jamoasidan jiddiy taklif tushdi. Klub oldiga jiddiy maqsad qo'ygandi. SHuning uchun tajribali futbolchilar va legionerlar bilan kuchaytirishni boshladi.SHaroitlar hozirda alo darajada. Deyarli ular uchun mahalliy futbolchidek bo'lib qolganman. Jamoaga kelgan yilimda uchinchi o'rinni oldik. O'shanda Superligaga o'tish o'yinida elita jamoasiga mag'lub bo'ldik. O'tgan mavsum esa deyarli bir yil maoshsiz o'ynadik. Tan olaman sharoitlar unchalik yaxshi bo'lmadi. Ayrim muammolar yuzaga keldi.


- O'zingiz qayd etgan natijadan qoniqish hosil qildingizmi?

- Natijalarim yomon emas. Debyut mavsumimda 3ta gol urib 24ta golga assistentlik qildim. 2019 yil 10ta to'p kiritdim, 11ta golga pas berdim. Yuqorida aytganimdek mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan sabr qilib o'ynadik va sakkizinchi o'rinda mavsumni yakunladik. Joriy yilda esa klub yana avvalgidek ravon yo'lga qaytmoqda. Pul bilan bog'liq muammolar ijobiy tomonga hal etilmoqda. Superligaga chiqishni maqsad qilganmiz. Bir qancha kuchli futbolchilar qo'shildi. Rejalarimiz katta. Jamoamiz uchun yangi stadion qad rostlamoqda. Eshitgan bo'lsangiz Turkiston nomidan chempionatda ishtirok etyapmiz. Oldinga siljish bor har holda.

- Hozirda koronavirus sababli karantin elon qilingan. Qaerda istiqomat qilyapsiz?

- Oilam bilan alohida CHimkentda turaman. Yuqori ligadan taklif oldim. Lekin, jamoamiz qo'yib yuborishni istamadi. Hozircha, kollektiv zo'r. Murabbiylar shtabi va futbolchilar bir oilaga aylangan. Ko'z tegmasin bari risoladagidek ketmoqda. Karantin tezroq tugashini kutyapmiz. CHempionat boshlansa barchamiz yana avvalgi hayot tarziga qaytamiz.


- Deyarli uch yildan beri O'zbekiston chempionatida o'ynamayapsiz. Xorijda faoliyatingizni davom ettirmoqdasiz. O'zbek futbolining bugungi kuni haqida fikringiz qanday?

- To'g'risini aytsam “Bunyodkor”da o'ynagan paytlarimda futbol kuchli edi. 2012, 2013, 2014 yillarda yuqori o'rinlar va chempionlik uchun kurash qizg'in kechardi. “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, AGMK o'rtasida raqobat juda zo'r bo'lardi. Hozirda faqat “Paxtakor”da sharoitlar bor, tarkibi kuchli. Ularga qarshilik ko'rsatadigan jamoa yo'q. Birinchi o'rin uchun favorit ular. Hozirda O'FAga Ravshan Ermatovni tayinlanganligi adolatli qaror bo'ldi. CHunki, ular futbolni ichidagi odam, ko'pni ko'rgan. Aziz Haydarov va Temur Kapadze terma jamoalarda ishlashmoqda. Ularning futbolga bo'lgan o'ziga yarasha qarashlari bor. Aziz aka ochiq oydin gapiradigan odam. Milliy terma jamoaning oldinga katta qadam tashlashini kutmoqdaman. Terma jamoada qon almashayotgani foyda keltirishi mumkin.

- 2020 yilda o'zbek klublaridan chorlov bo'ldimi?

- Taklif olmadim. Bo'lganda jon deb qaytardim. Qozog'istondaligim bois ko'pchilik meni futbolni tugatgan deb o'ylasa kerak. Yana bilmadim. O'zbekiston Superligasi bu yil ancha qiziqarli kechishini taxmin qilishim mumkin. Boisi, ko'plab jamoalar kuchaydi. Tarkibini yaxshilab oldi.


- O'z vaqtida “Bunyodkor” OCHLda doimiy tarzda qatnashardi. SHarq mintaqasida o'lim guruhdan chiqishga muvaffaq bo'lgan. Biroq, oxirgi yillarga kelib klublarimiz guruh bosqichidayoq musobaqa bilan xayrlashishmoqda...

- Avvalgi “Bunyodkor” har yili OCHLga yo'llanmani qo'lga kiritardi. Hozir unday jamoa yo'q. Biroq, bu klub o'zbek futboli rivojiga ulkan hissa qo'shdi. Aynan “qaldirg'ochlar”ning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so'ng kvotalarimiz oshdi. Uchta, to'rttalab o'zbek jamoalari OCHLda ishtirok etardi. Ayni paytda faqat “Paxtakor” CHempionlar Ligasida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Bu yil turnirni yomon boshlamadi. Xalqaro maydonda ishlarimizni yurishmasligi futbolimiz darajasi tushganidan dalolat beradi. O'ylaymanki hozir amalga oshirilayotgan ishlar samarasini beradi albatta. Futbolimiz yanada yuksalishidan barchamiz xursand bo'lamiz.

- “Bunyodkor”da o'sha paytlarda tajribali legionerlar va taniqli futbolchilar harakat qilgan. Hozir esa asosan akademiyaga va yoshlarga tayanib ishlamoqda. Qaysidir manoda bu o'tgan yili mevasini berdi. Siz aytgandek CHempionlar Ligasida uzoqroqqa borish uchun tarkib ham zo'r bo'lishi kerak. Vadim Abramov akademiya tarbiyalanuvchilari bilan uchinchi o'rinni oldi. Uning ixtiyorida ham yulduzli tarkib bo'lganida siz aytgandek OCHLda ham maksimal darajada natija ko'rsata olardi...

- Sizga aytsam biz yarim finalga etib borgan mavsumda xorijlik futbolchilar uncha ko'p bo'lmagan. David Karni kelgani bilan ko'p o'ynamagan. O'zimizning mahalliy futbolchilar bilan final ostonasigacha borganmiz. Tarkibni ko'rsangiz faqat bitta legioner to'p tepgan. Yan Kozak markazda harakat qilgan. Endi Abramov haqida gapiradigan bo'lsam yoshlarga imkoniyat berishdan sira cho'chimaydi. Bitta yoki ikkita o'yinga qarab xulosa chiqarib bo'lmaydi. “Bunyodkor” bugunga kelib yaxshi shakllangan jamoaga aylandi. Muhimi futbolchilarning kelajagi bor.


- Qozog'iston futboli UEFAga qarashli. Bu ichki chempionatda va mamlakatda seziladimi?

- Qozog'iston chempionati darajasi va saviyasi O'zbekistonniki bilan teng deya olaman. Biroz tafovut bor. Ayrim kuchli klublarni hisobga olmaganda deyarli farq yo'q. “Astana”, “Qayrat”, “Ordobasi” jamoalarida mahoratli legionerlar o'ynaydi. Hattoki, ikkinchi ligalarida 30, 35talab klublar bor. Ulardagi maosh va mukofot pullari O'zbekiston chempionatidagi jamoalarniki bilan bir xil.

- Bilamizki, o'zbekistonlik futbolchilarning aksariyati Qozog'iston chempionatida ham nom qozongan. Baqoev, Geynrix, Kapadze va boshqalar. Ularni hozir ham eslab turishadimi?

- Ulug'bek Baqoevni bu erda ham taniqli futbolchi va afsona sifatida etirof etishadi. Haligacha ularni so'rab turishadi.


- Quyidagi savol terma jamoa haqida. Mirjalol Qosimov, Samvel Babayan ham jahon chempionatiga olib chiqishga juda yaqin keldi. Lekin, biz mundialga borishga o'shanda munosib edikmi? JCH-2018da Janubiy Koreya va Yaponiya Evropa grandlarini nima ahvolga solganini hamma ko'rgandi...

- Bu savol barchani qiynaydi. Terma jamoamiz Qatardagi jahon chempionatiga chiqishiga ishonaman. Hozirda hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. Ravshan Ermatov

- Futboldan nima topdingiz va yo'qotdingiz?

- Futbol o'zim yoqtirgan ish. Elga tanildim, ko'p yutuqlarga erishdim. Har bir futbolchi faoliyatini boshlayotganda chempion bo'lishni oldiga maqsad qilib qo'yadi. Futbolda vaqt juda tez o'tib ketadi. SHu ishga kirishgandan so'ng aqlni yig'ib bir joyga qo'yib olish zarur. Yoshlarga maslahatim hamma narsani bir chetga surib qo'yib futbolni, bo'lajak faoliyatini o'ylashi kerak. Futbolchining hayoti qisqa va fursat kam bo'ladi.


- Ortga qaytish imkoniyati bo'lganda qaysi jamoaga o'tardingiz?

- Avvalo chaqirishsa shod bo'lardim. Taklifni xursand bo'lib qabul qilardim. “Navbahor”da ishlayotgan murabbiy meni tanimaydi, bilmaydi. “Bunyodkor”da Vadim Abramov bilan ham ishlamaganman. Lekin, murabbiy va inson sifatida shogirdlarini tushunishini eshitganman. AGMKda o'zimni ustozim Mirjalol aka faoliyat yuritmoqdalar. Menimcha, taklif tushsa Olmaliqqa borardim.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика