Aleksis Sanches Bekxemning taklifini rad etgan ekan
04 sen 2019 18:19
Yangiliklar


Aleksis Sanches Bekxemning taklifini rad etgan ekan
MLSning yangi klubi "Inter Mayami" Aleksis Sanchesga qiziqayotgan edi.
Ammo, futbolchi AQSH klubi taklifini rad etgan va Milanning "Inter" klubiga yo'l olgan.
30 yoshli chililik futbolchi Evropada kamida 6 yil qolishni rejalashtirgan.
Sanches o'tgan mavsum MYU safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assistga erishgan. U o'sha paytda jamoadagi eng ko'p maosh olayotgan futbolchi edi.
Eslatib o'tamiz, "Inter Mayami" klubining xo'jayini Angliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Devid Bekxem hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar