Aleksandr Stoymirovich: "Birinchi bo'limda gollar urib olishimiz kerak edi"
21 apr 12:29
Yangiliklar
Aleksandr Stoymirovich: "Birinchi bo'limda gollar urib olishimiz kerak edi"
O'zbekiston Kubogining 2-turi doirasida "Olimpik Mobiuz" jamoasiga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" katta murabbiyi Aleksandr Stoymirovich fikrlarini bildirdi.
- Birinchi bo'limda gollar urib olishimiz kerak edi. Ko'plab imkoniyatlarni ko'kka sovurdik, yuz foizlik imkoniyatlardan foydalana olmadik. Qizil kartochkada nima bo'ldi, nimalar ro'y berdi, bilmadim. Ikkinchi bo'limda barchasini boshqatdan boshladik, o'yinni boshqatdan qurdik. Bir qancha vaziyatlarni yaratdik, ikki vaziyat gol bo'ldi, hisob 2:2 holida o'yin yakunlandi.
O’xshash yangiliklar
16:23
O'zbekiston futzal MTJ dunyoning birinchi raqamli jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi 13
01:07
Janni Infantino: "O'zbekistondagi Jahon chempionatida yuqori sifatli o'yinlar bo'lishini kutyapman" 0
Fikrlar