"Real Madrid"ni ECHL finaliga Anchelottining o'g'li olib chiqdi
09 may 2024 23:22
Yangiliklar
"Real Madrid"ni ECHL finaliga Anchelottining o'g'li olib chiqdi
Ispan grandi murabbiylar shtabi jamoa yutqazayotgan bir paytda kutilmagan o'zgarish qilishga qaror qildi: o'zgacha uslubga ega Rodrigo zaxiraga olinib, unchalik omadi chopmayotgan hujumchi Xoselu maydonga tushirildi.
Bu ko'pchilik uchun qiyin pallada kutilmagan qaror bo'lishi mumkin, biroq ispaniyalik forvard qisqa vaqtda dublga erishib, jamoasini finalga olib chiqdi.
Qiziq tomoni, Xoseluni maydonga tushirish qarori "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan emas, uning o'g'li Davide Anchelottidan chiqqan. Buni bir necha insayderlar, jumladan, shaxsan guvoh bo'lgan Klarens Zeedorf tasdiqladi. Karlo Anchelotti esa o'g'lining qaroriga qarshilik qilmagan va muhim pallada ishonch bildirgan. Natijada, "Real" ketma-ket ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar