

JCH, 1/4 final
Fransiya - Marokash 2:0
Gollar: 60 - Kilian Mbappe, 66 - Usman Dembele
Amalga oshirilmagan penalti: 28 - Kilian Mbappe
Fransiya: 16. Mik Menyan, 5. Jyul Kunde (2. Malo Gyusto, 87’), 4. Deotshankyul Upamekano, 17. Vilyam Saliba, 3. Lyuka Din, 6. Manu Kone (18. Uorren Zair-Emeri, 71’), 14. Adrien Rabo, 20. Dezire Due (12. Bredli Barkolya, 77’), 7. Usman Dembele, 11. Maykl Olise, 10. Kilian Mbappe (22. Jan-Filipp Mateta, 77’).
Zaxira: 1. Bris Samba, 23. Roben Risser, 15. Ibraima Konate, 19. Teo Ernandes, 21. Lukas Ernandes, 26. Maksans Lakrua, 8. Orelen Chuameni, 13. N'Golo Kante, 24. Rayan Sherki, 25. Magnes Akliush, 9. Markus Tyuram.
Marokash: 1. Yassin Bunu, 2. Ashraf Xakimi, 14. Issa Diop, 3. Nussayr Mazraui, 26. Anass Salax-Eddin (13. Zakariya El-Uaxdi, 74’), 24. Neyl El-Aynaui, 6. Ayyub Buaddi (4. Sofyan Amrabat, 62’), 8. Azzedin Unai, 23. Bilal El-Xannus (9. Sufyan Raximi, 62’), 10. Braim Dias (16. Jessim Yassin, 74’), 7. Shemsdin Talbi (17. Moxamed Amin Sbai, 85’).
Zaxira: 12. Munir, 22. Axmed Tagnauti, 5. Marvane Sadane, 18. Shadi Riad, 19. Yussef Belammari, 25. Reduan Xalal, 11. Ismael Saybari, 15. Samir El-Murabet, 20. Ayyub El-Kaabi, 21. Ayub Amaymuni-Echguyab.
Ogohlantirishlar: 63 - Issa Diop
🕘 90+6. O'yin yakunlandi, Fransiya - yarim finalda!
90+4. Mateta juda qulay vaziyatdan zarba berib, gol urolmadi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.
88. Matetaning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
87. Barkolyaning zarbasidan so'ng to'pni Bunu qaytardi.
86. Olise juda qulay vaziyatdan aylantirib zarba berdi, ammo o'xshamadi.
84. El-Aynauining bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
83. Unaining zarbasini Menyan qaytardi!
82. Marokash hujumga o'tmoqda endi, o'yin so'nggida kambek ko'ramizmi?
🔄 77. Kilian zaxiraga olindi, bunga jarohat sabab bo'lganmi yoki o'zi charchadimi, hozircha noma'lum.
76. Mbappe maydonga yiqildi, jarohat olgan bo'lishi mumkin.
73. Upamekano sal qolsa o'z darvozasiga to'p kiritib qo'yishi mumkin edi…
68. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
67. Xo'sh, oxirgi olti daqiqada ikkita gol urildi, endi afrikaliklar nima qila olisharkin?!

⚽️ 66. GOL! Dembele hisobni oshirdi! Usmon oldinga yurish qilib zarba berdi va gol urdi!
64. Yana francuzlar oldinga yurish qilmoqda.
61. Hisob ochildi nihoyat va endi buyog'iga Marokash ham oldinga o'tsa kerak.

⚽️ 60. GOL! Mbappe hisobni ochdi! Kilianning jarima maydonchasi chizig'idan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi!
56. Olise Mbappeni zo'r vaziyatga olib chiqqandi, ammo Kilianning zarbasi noaniq bo'ldi.
55. Duening uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Bunu qiyinchilik bilan qaytardi!
47. Marokash yaxshi hujum tashkil qilmoqchi edi, biroq yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
📊 Dastlabki bo'limdan keyingi statistika:
xG - 1,87 - 0,04
To'p nazorati - 49% - 51%
Darvoza tomon zarbalar - 13 - 1
Aniq zarbalar - 3 - 0
Burchak zarbalar - 3 - 1
Uzatmalar aniqligi - 90% - 86%
Seyvlar - 0 - 3
🕘 45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+5. Hakimining jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq ketdi.
45+2. Lyuk Dinning zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi…
45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
41. Fransiya hujumga kira olmayapti, Marokash to'liq himoyalanmoqda.
35. Due jarima maydonchasiga yorib kirib, darvozaga zarba berdi, Bunudan seyv!
33. Dembelening uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
30. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

28. Kilian Mbappe penaltidan gol ura olmadi!
28. Hammasi joyida, penalti kuchida qoldi.
26. Qo'pollik bo'lgan holat VARda tekshirilmoqda.

25. Penalti, Marokash darvozasi tomon! Mbappega nisbatan qo'pollik ishlatildi va bosh hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi!
21. Navbatdagi zarba bosh bilan - bu safar Rabo urinib ko'rdi, biroq noaniq.
18. Dembelening bosh bilan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
14. Uchrashuv tempi ancha yaxshi, francuzlar nazoratni qo'lga olishgan.
5. Upamenkanoning bosh bilan bergan zarbasini ham Bunu bartaraf eta bildi!
4. Mbappening zarbasidan so'ng to'p Bunuga tegib, maydonni tark etdi.
3. Ilk daqiqalardan marokashliklar faol o'yin namoyish etiyu, to'p nazoratini olmoqchi o'zlariga.
🕛 1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionati 1/4 final doirasidagi Fransiya - Marokash bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



