“Ordabasi” muxlislari shahar mamuriyatiga boykot elon qilishdi
10 may 01:27
Yangiliklar
“Ordabasi” muxlislari shahar mamuriyatiga boykot elon qilishdi
Qozog'iston kubogi doirasida CHimkentda bo'lib o'tgan “Ordabasi” – “Aktobe” o'yinida janjal kelib chiqdi.
O'yin davomida “Ordabasi” muxlislari boykot elon qilib, stadionni tark etishdi. CHunki klub prezidenti Baurjan Abdubaitov yaqinda istefoga chiqqandi. Muxlislar klub tarixidagi eng titulli rahbarning ketishiga qarshi. Ularning fikricha, Baurjon To'yshibequli o'z ixtiyori bilan lavozimini tark etmagan.
Stadionda CHimkent hokimi o'rinbosari Sarsen Kuranbekning nomini aytib baqirganlar ko'p edi. S.Quranbek “Ordabasi” futbol klubi direktorlar kengashi raisi hisoblanadi.
Tanaffus vaqtida muxlislar qarshisiga Baurjan Abdubaitovning o'zi chiqdi. U muxlislardan xotirjam bo'lishni so'radi.
Avvalroq “Ordabasi” klubi prezidenti istefoga chiqqani haqida xabar berilgandi. Klub rasmiy bayonotida u sog'lig'i sababli o'z lavozimini bo'shatgani aytilgan.
Abdubaitov CHimkent jamoasi rahbariyatiga 2022 yilning boshida kelgandi. Ikki yil ichida u klub bilan Qozog'iston kubogi va Qozog'iston chempionatida g'olib chiqdi. Hozirda klub safida ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi to'p tepadi.
Fikrlar