Ispaniyaning 2-ligasidagi klub "Real"ni engish borasida "Borussiya"ga o'z yordamini taklif qildi
10 may 02:40
Yangiliklar
Ispaniyaning 2-ligasidagi klub "Real"ni engish borasida "Borussiya"ga o'z yordamini taklif qildi
Ispaniya Segundasi ishtirokchisi "Alkorkon" Evropa CHempionlar ligasi finali oldidan Germaniyaning "Borussiya Dortmund" klubiga kutilmagan yordamini taklif qildi.
Nemislar qitaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasida g'olib chiqishi uchun musobaqaning 14 karra chempioni "Real Madrid"ni mag'lub etishi kerak bo'ladi. "Qirollik klubi" CHempionlar ligasi titullari bo'yicha eng sovrindor jamoa hisoblanadi.
Madridliklarning navbatdagi kubokni qo'lga kiritish rejasini barbod qilish uchun 2-divizion jamoasi "Borussiya"ga ishora qilib, shunday post qoldirgan: "Real"ni mag'lub etish bo'yicha maslahat kerak bo'lsa, yordam berishga tayyormiz. Biz biroz nemis tilida gaplasha olamiz", deya post qoldirgan.
Eslatib o'tamiz, "Alkorkon" 2009 yilgi Ispaniya kubogida "Real"ni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.
Fikrlar