So’nggi yangiliklar

19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  2 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  3 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  8 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  5 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  10 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  4 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  10

JCH-2022 saralashi. Aleksandr Krestinin: "Tojikiston bilan o'yinlar doim quvnoq o'tgan" Yangiliklar

JCH-2022 saralashi. Aleksandr Krestinin: "Tojikiston bilan o'yinlar doim quvnoq o'tgan"

JCH-2022 saralashi doirasidagi Tojikiston - Qirg'iziston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar ustozi Aleksandr Krestinin va yarim himoyachisi Edgar Bernxardt ishtirok etdi.

Bu haqda Tojikiston futbol Federaciyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Aleksandr Krestinin, Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi:


– Tojikistonliklarga bizni iliq kutib olishgani uchun rahmat aytaman. Biz uchun ajoyib, qulay sharoitlar yaratib berilgan. Tojikiston bilan o'yinga rejaga ko'ra tayyorgarlik ko'rdik, barchasi reja bo'yicha ketmoqda. Jamoamizda kayfiyat yaxshi, uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rayapmiz. Tojikiston bilan qaerda o'ynasak ham Dushanbedami, Bishkekdami farqi yo'q, o'yinlarimiz doim quvnoq o'tgan. SHu bois ertaga yorqin, yaxshi, keskin o'yin bo'ladi deb o'ylayman.



– Ilk o'yindagi muvaffaqiyat JCH-2022 saralashida hal qiluvchi bo'lishi mumkinmi?

– Tojikiston bilan o'yin hal qiluvchi bahs deb o'ylamayman. Bir tomonlama muhim, ikkinchi tomondan biz uchun har bir bahs oltinga teng. Saralash bosqichi yakuniga etayotganda hal qiluvchi o'yinlar bo'ladi. Saralash bosqichining avvali shunchaki hayajonni bosib olish.



– Tojikiston haqida nima deya olasiz?

– Ushbu jamoaning so'nggi o'yinlarini ko'rdik. Kuchli tomonlarini o'rgandik. Sizlarda bosh murabbiy o'zgardi, tarkibda o'zgarishlar bor, bularning barini inobatga olganmiz. Ammo ertaga raqib qanday o'ynashini bilmaymiz. Bazi variantlarni taxmin qilayapmiz, bu tushunarli, xuddi shunday tarzda Tojikiston ham bizni o'rganmoqda.



– Minskning «Dinamo» klubi himoyachisi Valeriy Kichin ertangi o'yinga oilaviy sabablar bilan chaqirilmadi. Bu haqda nima deya olasiz? Yana bir savol Qirg'iziston terma jamoasi 1 sentyabr kuni yig'ildi. Bu vaqt Tojikiston bilan o'yinga tayyorgarlik uchun etarli bo'ldimi?

– Ha, haqiqatdan ham Valeriy Kichin oilaviy sabablar tufayli ertangi bahsda bizga yordam bera olmaydi. U bizga keyingi o'yinlarda as qotadi. Faqat Kichin emas yana uch nafar futbolchi jarohatlari bois Dushanbega kelmadi: bular Viktor Mayer, Guljigit Alikulov va Anton Zemlyanuxin. Bu futbol, barcha bir vaqtda sog' bo'lmasligi mumkin.

FIFA kunlari 2 sentyabr kunidan boshlandi, biz 1 sentyabr kuni tayyorgarlikni boshladik. Ko'plab futbolchilarimiz xorijda o'ynashadi, shu bois undan oldin hech qanaqasiga terma jamoani to'play olmasdik. Albatta, istalgan murabbiy tayyorgarlik uchun ko'proq vaqt bo'lishini xohlaydi. Ammo biz bunday taqvimga tayyor edik.



Edgar Bernxardt, Qirg'iziston terma jamoasi yarim himoyachisi:

– Bizning murabbiylar shtabimiz Tojikiston terma jamoasi o'yinini tahlil qilib berishdi, raqib o'yinlarini tomosha qildik. Odatiy tarzda tayyorgarlik ko'rayapmiz, barchasi reja bo'yicha ketmoqda, qanday o'ynashni bilamiz. Ertaga bizda o'z vazifamiz bor. Biz uchun har bir o'yin muhim. Qandaydir bosim yoki boshqa narsani his qilmayapmiz.


Tajikistan

Alisher Dzhalilov - 41'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. F . 1-tur

05/09/2019, 20:00

0
:
1
Tugadi

Kyrgyzstan

Stadion: 17800 tomoshabin

45'
90'
41'  Alisher Dzhalilov
87'  Manuchehr Dzhalilov (Sheriddin Boboev)
89'  Muxammadzoni Raximov (Jahongir Ergashev)
90'  Parvizdzhon Umarbaev (Komron Tursunov)
25'  Kairat Zhyrgalbek
35'  Azamat Baymatov
46'  Akhlidin Israilov (Tursunali Rustamov)
69'  Bakhtiyar Duyshobekov (Abai Bokoleev)
71'  Tamirlan Kozubaev
75'  Farhad Musabekov (Alimardon Shukurov)

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика