So’nggi yangiliklar

19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  0 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   1 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  1 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  16 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  2 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  8 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  42 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  2 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  64

Aleksandr Geynrix, Aziz Haydarov, Islom Inomovlar qatnashgan 2006 yilgi Osiyo o'yinlarini yodga olamiz Yangiliklar

Aleksandr Geynrix, Aziz Haydarov, Islom Inomovlar qatnashgan 2006 yilgi Osiyo o'yinlarini yodga olamiz

2006 yil Doha mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlari barchaning yodida bo'lsa kerak.

O'shanda Rauf Inileev boshchiligidagi olimpiya terma jamoamiz Qatarda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida juda chiroyli o'yin ko'rsatgan holda barchaning etirofiga sazovor bo'lgandi.  Turnirda "A" guruhidan o'rin olgan vakillarimizga BAA, Qatar, Iordaniya raqiblik qiladigan bo'ldi. Guruhdagi uchta uchrashuvda g'alaba qozonib 9 ochko jamg'argan futbolchilarimiz chorak finalda Iroq bilan to'qnash kelishadi. O'shanda juda tartibli va irodali o'yin namoyish qilgan hamyurtlarimiz ekstra-taymlarda o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lub bo'lishgandi. Qo'shimcha bo'limlarda Asror Aliqulov maydondan qanday chetlatilgani yodingizda bo'lsa keraga. 

SHunga qaramasdan ular guruh bosqichida mezbonlardan va bizga doim muammo bo'ladigan BAAdan ustun kelishgandi. Hujumchimiz Aleksandr Geynrix esa to'rtta uchrashuvda beshta gol bilan to'purarlar poygasida iordaniyalik Odayi Sayfidan keyingi o'rinni band qildi. Darhaqiqat tarkib juda kuchli, deyarli barcha futbolchilar Oliy ligada o'z jamoasining etakchisi bo'lib ulgurgan, milliy terma jamoada ham muhim futbolchi sifatida tilga olinayotgandi. Mazkur turnirdan bir yil o'tib Rauf Inileev milliy jamoa bosh murabbiyiga aylanadi va termamizni 2007 yilgi Osiyo kubogiga tayyorlaydi. Quyida fotosuratlar orqali ushbu musobaqani yodga olamiz.


Inileev Osiyo o'yinlariga uchta yoshi katta futbolchi sifatida Temur Kapadze, Server Jeparov, Asror Aliqulovni tanlaydi. Tarkibdagi qolgan barcha futbolchilar Oliy ligada allaqachon muxlislar og'ziga tushgandi. 


Mazkur terma jamoadagi futbolchilar Inileev davrida milliy jamoaning ham o'zagi bo'lib xizmat qildi. 


Ilhom Suyunovning tezkor reydlari va kuchli zarabalarini muxlislar hamon zavq bilan yodga olishadi. Afsuski, shunday futbolchi butsalarini erta mixga ilishga majbur bo'ldi. 2014 yil Toshkentning "Lokomotiv" jamoasidan ketganidan so'ng boshqa yashil maydonga qaytmadi.


Sashadan doimgidek noodatiy golni nishonlash. Bu lahzalar uchun hattoki boringni berging keladi. 


Bugungi kunda "CHig'atoy" futbol maktabida murabbiylik qilayotgan Ildar Magdeev uzoq yillar "Paxtakor"ning asosiy futbolchisi bo'lib keldi. Aslida u Buxoro futboli tarbiyalanuvchisi sanaladi. "Oq-tepa" jamoasidagi faoliyatidan so'ng 2015 yilda butsalarini mixga ildi. 


Geynrix hozirgina qaysi terma jamoa posbonini ranjitdi?


Nesterovdan yana bir ajoyib seyv. Uning ortida barchaga yaxshi tanish bo'lgan Islom Inomov. Inomovning o'yinlarini ham  sog'inganlar oramizda topiladi deb o'ylaymiz. Ushbu futbolchi faoliyatining so'ngi damlarida "Surxon", "Andijon" jamoalarida to'p tepdi. 


Maydonda qora ishni bajaradigan Aziz Haydarov amirlik futbolchiga qarshi. 

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика