"Al Ittihod" Edersonni xarid qilishga urinib ko'radi, "Man Siti" 50-60 mln evro xohlamoqda Yangiliklar

"Al Ittihod" Edersonni xarid qilishga urinib ko'radi, "Man Siti" 50-60 mln evro xohlamoqda

"Al Ittihod" Edersonni xarid qilmoqchi.

"Manchester Siti" darvozaboni haligacha Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tishga qiziqmoqda.

Oldinroq u "Al Nassr" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan, ammo bitim barbod bo'lgandi. "Siti" 30 mln evrolik taklifga rozi bo'lmagan.

Manchester klubi "Al Ittihod"dan darvozabon uchun kamida 50-60 mln evro olmoqchi.

Ederson o'tgan mavsum APL doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 13ta "quruq" bahs o'tkazdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика