“Al Ittihod” Bilichga 15 mln dollar to'laydigan bo'ldi
14 may 2020 22:05
Yangiliklar


“Al Ittihod” Bilichga 15 mln dollar to'laydigan bo'ldi
FIFA “Al Ittihod” (S.Arabistoni) bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgan Slaven Bilich foydasiga hukm chiqardi.
Bilich 2018 yil “Al Ittihod” murabbiyi etib tayinlandi. Garchand kelishuv 2021 yilga qadar tuzilgan bo'lsa-da, klub uni 5 oydan so'ng lavozimidan ozod etdi. Yordamchilari ham u bilan birga klubni tark etishgan.
Endi Saudiya jamoasi 51 yoshli mutaxassisga 15 mln dollar miqdoridagi tovon pulini to'liq 30 kun davomida to'lab berishi talab etiladi. Xorvatiyalik murabbiy hozirda “Vest Bromvich”da ishlamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar