Akuiles Kampos: "So'nggi turni xursand kayfiyatda yakunlashga harakat qilamiz"
20 sen 2024 08:16
Yangiliklar
Akuiles Kampos: "So'nggi turni xursand kayfiyatda yakunlashga harakat qilamiz"
Futzal bo'yicha jahon chempionati "E" guruhi. 2-turidan o'rin olgan Marokash – Panama (6:3) uchrashuvidan so'ng panamaliklar hujumchisi Akuiles Kampos mikst-zonada saytimizga intervyu berdi.
"Afrika chempioni bo'lgan jamoaga qarshi o'yin murakkab bo'ldi. Umuman olganda, biz qiyin guruhdan o'rin olgandik. SHunga qaramay, oldimizda yana bir o'yin bor, shu bois so'nggi turda bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Ketma-ket ikki mag'lubiyatni qabul qilib olish juda og'ir botadi, biroq oxirgi o'yinni xursandchilikda yakunlashga harakat qilamiz", dedi Kampos.
Eslatib o'tamiz, Panama 2 turdan so'ng 0 ochko to'plagan holda so'nggi o'rinda bormoqda.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar