So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:0 (матнли трансляция)  7 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  20 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

Akrom Komilov: "Mag'lubiyatga o'zimni aybdordek his qildim" Yangiliklar

Akrom Komilov: "Mag'lubiyatga o'zimni aybdordek his qildim"

BAAdagi jahon chempionatida o'smirlar terma jamoamiz nimchorak finalda Gondurasga imkoniyatni boy berib ishtirokini to'xtatgani barchaga yaxshi malum.
 Ana shu uchrashuvda terma jamoamiz himoyachisi Akrom Komilov 24-daqiqadayoq qizil kartochka olib maydonni erta tark etishga majbur bo'lgandi. Vakillarimizni maydonda bir o'yinchi kam bo'lib qolishidan Gonduras terma jamoasi unumli foydalanib g'alaba qozondi. Bu o'yinni inobatga olmaganda Komilov guruh bahslarini ishonchli tarzda o'tkazib terma jamoamizni nimchorak finalga chiqishiga munosib hissa qo'shdi. “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Komilov joriy mavsumning ikkinchi yarmida “Andijon” jamoasiga ijaraga berilganini ko'pchilik yaxshi bilmasligi mumkin. To'g'ri, u ko'p vaqtini o'smirlar terma jamoasida o'tkazgani bois andijonliklar tarkibida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi xolos. Amirliklaridan qaytib kelishganidan so'ng Akrom Komilov bilan suhbatlashdik.

- Akrom, terma jamoamiz jahon chempionatidagi ishtirokini nimchorak finalda to'xtatdi. Umuman olganda, oldinglarga qo'ygan maqsad qanday edi?
- Albatta, maqsadimiz yarim finalgacha borish edi. Bizdan buni rahbariyat ham, murabbiylarimiz ham kutishgandi. Murabbiylarimizni aytganlarini bajarib yaxshi natijalarga erishishga harakat qildik. Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli tarzda o'tdik. Nimchorak finalda ham yaxshi niyatlarda maydonga tushgandik. Ammo hakamning menga qizil kartochka ko'rsatishi hammasini barbod qildi. Gonduras terma jamoasini yutsak bo'lardi. Biroq...
- Maydondan chetlatilishingizni qanday izohlaysiz?
- Ikkinchi vaziyatda hakam menga sariq kartochka ko'rsatmasa ham bo'laverardi. CHunki bungacha hisobda bitta sariq kartochka bor edi. Menimcha, hakam xatoga yo'l qo'ydi deb o'ylayman.
- Gonduras bilan o'yindan keyin Dilshod Nuraliev sizga nima dedi?
- Dilshod aka sen o'zingni ayblama, bu hakamni xatosi deb ko'nglimi ko'tardi. Bundan tashqari jamoadoshlarim ham menga dalda berishdi.
- Maydonni tark etayotganingizda hayolingizdan nimalar o'tdi?
- To'g'ri, erta qizil kartochka olib jamoamni biroz qiyin ahvolga solib qo'ygandim. SHunga qarmay, jamoadoshlarimga ishongandim. CHunki maydonga faqat g'alaba qozonish uchun tushgandik. Qolaversa, bolalar ham oxirigacha bor kuchlari bilan harakat qilishdi.
- Nimchorak finaldagi mag'lubiyat men tufayli bo'ldi deb o'ylamaysizmi?
- Albatta, har qanday futbolchi qizil kartochka olib tark etsa va jamoasi mag'lubiyatga uchrasa o'zini aybdor deb his qiladi. SHu bois men ham qaysidir manoda mag'lubiyatda aybim bor deb bildim.
- Guruh bahslarini terma jamoamiz nimaning evaziga muvaffaqiyatli o'tkazdi deb hisoblaysiz?
- Guruhimizda hamma jamoaning kuchli teng va bir-biriga mos edi. SHu bois raqibning kuchiga to'g'ri baho bergan holda barcha o'yinga yaxshi tayyorgarlikda maydonga tushgandik. SHu sababli guruh bosqichi biz uchun juda yaxshi o'tdi. Muxlislar ham guruhda ko'rsatgan o'yinlarimizdan xursand bo'lishdi.
- Sizningcha, guruhda qaysi uchrashuv qiyin o'tdi?
- Albatta, eng og'ir o'yin Marokash terma jamoasiga qarshi kechdi. Marokash kuchli jamoa edi. SHunday bo'lsa-da, ana shu uchrashuvda ham yaxshi to'p surib durangga erisha oldik.
- Gonduras terma jamoasi guruhdagi raqiblarimizdan kuchlimidi?
- Gondurasning kuchli tarafi yaxshi hujumchilarga ega ekanligi edi. SHuni yaxshi bilgan holda tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin ko'rdinglar, hakamning qizil kartochkasi hammasini barbod qildi.
- BAA yashil maydonlarida har bir terma jamoaning o'z ishqibozlari qanday qo'llab-quvvatlashganiga guvoh bo'ldik. Bu borada bizning muxlislarning daldasi sizlarga qay darajada sezildi?
- Amirliklarga borib ishqibozlarimizni qo'llab-quvvatlashlari bizga katta dalda bo'ldi. Aynan muxlislarimizning daldasi bilan guruh bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazdik. SHuningdek, ularning qo'llab-quvvatlashi bizning kuchimizga kuch bag'ishladi.
- Ko'pchilikning fikricha, jahon chempionatida darvoza va himoya chizig'i ishonchli o'yin namoyish etdi. Bunga siz qanday fikrdasiz?
- Haqiqatda, bizning himoya chizig'imiz ancha mustahkam bo'ldi. Murabbiyimiz ham himoyada ishonchli o'ynashimizni uqtirardi. SHuning uchun har bir uchrashuvda himoyani yaxshi ushlashga harakat qildik. Mundial davomida chorak finalgacha darvozamizdan ikkita to'p o'tkazib yubordik xolos. Bir so'z bilan aytganda himoyada ishonchni oqlashga erishdik.
- O'tgan yili Osiyo chempionatida qatnashgan va ayrim sabablar tufayli JCHga bora olmagan futbolchilarning o'rni bilindimi?
- Ha, 2-3ta o'yinchilarning yo'qligi sezildi. Masalan, hujum chizig'ida Muhiddin Odilov bo'lmadi. SHuningdek, Ulug'bek Davlatov ham jahon chempionatida ishtirok eta olmadi. Bundan tashqari nimchorak finalda Jamshid Boltaboev bizga ham etishmadi. U diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuborgandi.
- Mundialda ko'rsatgan o'yininglar va qayd etilgan natijani Nuraliev qanday qabul qildi?
- Dilshod aka bosh murabbiyimiz va bizni qanday imkoniyatlarga ega ekanligimizni yaxshi biladi. Albatta, murabbiyimiz ham bizni qo'llab-quvvatlab, qayd etilgan natijada xafa bo'lmasligimiz kerakligini aytdi. Agar Gondurasga qarshi 10 kishi bo'lib o'ynamaganimizda yutishimiz mumkin edi deb ko'nglimizni ko'tardi.  
- Jahon chempionatida qaysi terma jamoalarning o'yini sizga yoqmoqda?
- Meksika, Braziliya va Nigeriya terma jamoalari yaxshi taassurot qoldirmoqda. Mana shularni eng kuchli jamoalar deb hisoblayman. Menimcha Nigeriya chempion bo'lsa kerak.
- “Bunyodkor”dan ikkinchi davrada “Andijon”ga ijara asosida o'tgandingiz. Endi keyingi taqdiringiz qanday kechadi?
- Terma jamoa tufayli “Andijon”ga aytarli yordam bera olmadim. Lekin bu jamoa meni yaxshi qabul qildi va klubda hamma bilan tez chikishib ketdim. Ammo xuquqiy jihatdan “Bunyodkor” o'yinchisiman va yana o'z jamoamga qaytaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика