Afrikalik yangi jahon rekordini o'rnatdi. U davomiy tarzda 58 soat FIFA o'ynadi
19 may 2020 17:49
Yangiliklar


Afrikalik yangi jahon rekordini o'rnatdi. U davomiy tarzda 58 soat FIFA o'ynadi
Sinister 5 jamoasidan nigeriyalik kibersportchi Daniel doxose Osemeudiame yangi jahon rekordini o'rnatdi.
Afrikalik FIFA 20'ni 58 soat davomiy tarzda o'ynadi. Har bir soat so'nggida unga katta bo'lmagan pauza olishiga ruxsat berildi.
Bundan oldingi rekord 2014 yilda qo'yilgan edi. Kristofer Kuk FIFA 15'ni 48 soat 49 minut va 41 sekund o'ynagandi. Hozirda Osemeudiame natijasining Ginnesning Rekordlar kitobidan tasdiqlanishini kutmoqda.
May oyi boshida 90 yoshli Xamako Mori eng keksa kompyuter o'ynovchisi sifatida rekord o'rnatgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar