Abdumalik Toshpo'latov: “Mashal” bilan Superligaga qaytmoqchimiz”
20 jan 2022 19:27
Yangiliklar


Abdumalik Toshpo'latov: “Mashal” bilan Superligaga qaytmoqchimiz”
Ayni vaqtda “gazchilar” o'z qarorgohida tayyorgarlikni davom ettirmoqda va yangi mavsum oldidan o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Xususan, “Mashal” o'tgan mavsumlarda “Yangier” safida to'p tepgan Abdumalik Toshpo'latovni qo'shib oldi. SHundan keyin Toshpo'latov fikrlariga quloq tutdik.
“Xabaringiz bor, o'tgan mavsum “Yangier” safida to'p tepgan vaqtimdayoq “Mashal”dan taklif bo'ldi. Aniqrog'i, birinchi davradan keyin taklif bo'lgan edi. Biroq “Yangier” jamoasi rahbariyati meni qo'yib yubormagandi. Mavsum yakuniga etganidan so'ng “Mashal” safiga kelib qo'shildim va 2 yillik shartnomani imzoladim.
“Yangier”ni tark etish oson bo'lgani yo'q. SHu o'rinda jamoa rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman va kelgusi mavsumda omad yor bo'lishini tilab qolaman.
Boshqa jamoalardan taklif bo'ldi. Dadam bilan mashatlashib “Mashal” variantini tanladim. O'zim uchun ham shu to'g'ri qaror bo'ldi deya olaman. “Gazchilar” maqsadimiz Superligaga qaytish hisoblanadi. Ayni vaqtda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz.”, - deya so'zini yakunladi Toshpo'latov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar