So’nggi yangiliklar

17:35"Манчестер Юнайтед" "Ливерпул"нинг трансфер мақсади учун "катта пул" тўлашга тайёр  0 17:04"Барселона" Бундеслиганинг энг яхши ҳужумчисини сотиб олишга тайёр. Нархи ошкор қилинди  3 16:35Малайзиянинг қонунни "айланиб ўтиш" уриниши ўхшамай қолди  1 16:15Чеферин: "УEФА ҳеч қачон атиги 12 та клуб учун мусобақа яратмайди"  0 15:51Кувайт билан охирги учрашувда Ўзбекистон таркибида кимлар бўлган?  4 15:22Ўзбекистон – Кувайт учрашувини кимлар шарҳлаб боради?  19 15:00Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва Қозоғистон футбол федерацияси раҳбарлари учрашуви бўлиб ўтди  2 14:40"Андижон", "Нефтчи" ва "Пахтакор"га турли сабабларга кўра жарима солинди — Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  6 14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  19 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  2 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  8 12:57Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон - Кувайт 3:2. Терма жамоамиз тарихидаги энг чиройли камбэк қандай юз берган?  5 12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  5 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  1

Asror Aliqulov: "Superliga Pro liga emas, bizni qiyin va qiziqarli mavsum kutmoqda" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Superliga Pro liga emas, bizni qiyin va qiziqarli mavsum kutmoqda"

"Mashal" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Toshkentda olib bormoqda.

Asror Aliqulov shogirdlari bugun ilk nazorat uchrashuvida "Aral"ga qarshi maydonga chiqdi. Aytishimiz mumkinki, muborakliklar tarkibida Sardor Abduraimov, Sherzod Fayziev, Dilshod Rahmatullaev, Jamoliddin Ubaydullaev kabi tajribali futbolchilar ishtirok etmoqda. Biz jamoaning taraddudi yuzasidan bosh murabbiy Asror Aliqulovga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- Kamtarona tarkib va byudjet bilan Superligaga yo'llanma olgan "Mashal" qolgan jamoalardan farqli ravishda qanday hozirlik ko'rmoqda?

- Tayyorgarlikning uchinchi bosqichini boshladik. Toshkent viloyatida mashg'ulotlarni olib boryapmiz. Mana bugun birinchi nazorat uchrashuvida ishtirok etdik. Mavsumga munosib hozirlik olib borishga harakat qilyapmiz. 

- Transfer oynasi yopilishiga tobora oz qolmoqda. O'zingizgiz ko'nglingiz to'lgan selekciyani qildingizmi yoki bu jarayon davom etib yangi futbolchilar kelishi mumkinmi?

- Selekciya ishlari hali yakunlangani yo'q. Tarkibdagi ko'p futbolchilar bilan shartnomani uzaytirdik. Yangi futbolchilar bilan shartnoma tuzdik. Superliga Pro liga emas. U erda ko'p narsa boshqacha. Shunga munosib tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz. To'g'ri, hozir qish fasli, maydon bilan bog'liq muammolar uchrab turibdi. Lekin baribir imkon darajada yaxshi tayyorlanyapmiz. 

- "Mashal" Superligada ham o'z tarbiyalanuvchilariga suyanadimi?

- Ko'ryapsiz, yosh futbolchilar qaysidir holatlarda oxirgi pas yoki nuqtani qo'yishga qiynalishmoqda. Ularga mahorat etmaydi. Bu xatolar Superligada kechirilmaydi. Shuning uchun tarkibga bir nechta futbolchilarni jalb qilganmiz. Endi ular tezroq jamoamizga kirishib ketishlari kerak bo'ladi. 

- Jamoa bu tarkib va moliyaviy imkoniyat bilan Superligada kuchlilar safida qolsa katta voqea sifatida qabul qilinadimi?

- Kichkina smeta bilan ham yaxshi jamoa tuzishning iloji bor. Bir so'z bilan aytganda bizni qiziqarli va qiyin chempionat kutib turibdi. Ko'proq etiborni jamoaviy o'yinga qaratganmiz. Faqatgina shu yo'l bilan natijaga erishamiz. 

- Superligani "Paxtakor"ga qarshi boshlaysizlar. Taqvim qanchalik og'ir yoki engil keldi?

- Qurada siz raqib tanlay olmaysiz. "Paxtakor"da terma jamoa azolari ko'p. Ular ham, biz ham qaysidir manoda o'sishga erishdik. Maydonga chiqib munosib qarshilik ko'rsatishga astoydil urinamiz. Ochkolar uchun jiddiy kurashamiz. 

- Ikkita ligani taqqoslaganda birida jamoalar soni oshdi, ikkinchisida esa keskin kamayib ketdi. Bunga sizning munosabatingiz, qabul qilishingiz qanday bo'ldi?

- Pro ligada intriga umuman yo'qoldi. 6 ta jamoadan 1 va 2-o'rin uchun favoritlar malum desak yanglishmaymiz. Superligada jamoalar soni oshgani albatta yaxshi. O'yinlar ko'payadi. Lekin Pro liganing saviyasi tushib ketdi. Quyi ligani ham ko'tarishimiz kerak. 

- Muborakdagi stadionda ishlar, maydon chimi borasida ishlar boshlanganmi?

- Bu tomonlama ish olib borilmayapti deyish noto'g'ri bo'ladi. Maydon chimini o'zgartirish borasida klub harakat qilmoqda. Shuning uchun ham ilk turni Olmaliqda o'tkazamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика