"Mashal" ganalik himoyachini o'z safiga qo'shib oldi
25 fev 2025 21:15
Yangiliklar
"Mashal" ganalik himoyachini o'z safiga qo'shib oldi
27 yoshli himoyachi muborakliklar sharafini himoya qiladi.
Superligiga qaytgan "Mashal" klubi ganalik 27 yoshli himoyachi Mudasiru Salifu bilan 2025 yilning oxiriga qadar shartnoma imzoladi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Mudasiru Salifu faoliyati mobaynida Gana, Moldova va Saudiya Arabistoni mamlakatlarida to'p tepgan. 2021/22 yilgi mavsum "Asante Kotoko" jamoasi bilan Gana Premer-ligasida, 2022/23 yilgi mavsum "Sherif" bilan Moldova Superligasida zafar quchgan.
Salifu 2023/24 yilgi mavsum Saudiya Arabistonining "Al Bukiriya" jamoasi safida 31 o'yinda maydonga tushib, 7 marta ogohlantirilgan. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.
Eshitdik-da! "Mashal" ganalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar