

Norvegiya - Angliya 1:2
Gollar: 1:0 – 36, Andreas Shelderup, 1:1 – 45+2, Jud Bellingem, 1:2 – 90+3, Jud Bellingem
Norvegiya: 1. Eryan Nyuland, 3. Kristoffer Ayer, 5. David Myoller Volfe (16. Markus Xolmgren Pedersen, 90), 6. Patrik Berg, 7. Aleksandr Syorlot (22. Oskar Bobb, 68), 8. Sander Berge, 9. Erling Xoland (11. Yorgen Strand Larsen, 106), 10. Martin Edegor (S), 17. Torbyorn Xeggem (4. Leo Estigor, 91), 21. Andreas Shelderup (20. Antonio Nusa, 68), 26. Yulian Ryuerson (14. Fredrik Eursnes, 60)
Zaxira: 12. Sander Tangvik, 13. Egil Selvik, 2. Morten Torsbyu, 15. Fredrik Andre Byorkan, 18. Kristian Torstvedt, 19. Telo Osgor, 23. Yens Petter Xauge, 24. Sondre Langos, 25. Xenrik Falxener
Angliya: 1. Jordan Pikford, 2. Ezri Konsa (17. Morgan Rojers, 89), 3. Niko O'Rayli (25. Jed Spens, 86), 4. Deklan Rays (21. Eberechi Eze, 46), 5. Jon Stounz, 6. Mark Gexi, 8. Elliot Anderson, 9. Xarri Keyn (S), 10. Jud Bellingem (15. Den Bern, 111), 18. Entoni Gordon (24. Ris Jeyms, 71), 20. Noni Madueke (7. Bukayo Saka, 46)
Zaxira: 13. Din Xenderson, 23. Jeyms Trafford, 11. Markus Reshford, 12. Trevo Chaloba, 14. Jordan Xenderson, 16. Kobbi Maynu, 19. Olli Uotkins, 22. Ayven Touni
Ogohlantirish: Kristoffer Ayer (117)
120+2' – UCHRASHUV YAKUNLANDI! Bosh hakamning final hushtagi chalindi va shiddatli, dramalarga boy bo'lgan bahs o'z nihoyasiga etdi.
Angliya terma jamoasi ekstra-taymda urilgan gol evaziga Norvegiya ustidan 2:1 hisobida g'alabani ilib ketdi. Norvegiyaning so'nggi daqiqalardagi tinimsiz hujumlari va xavfli vaziyatlariga qaramay, inglizlar mudofaada mustahkam turib, ushbu muhim g'alabani saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi.
120' – Ikkinchi ekstra-taymning asosiy vaqti ham o'z nihoyasiga etdi. To'rtta hakam uchrashuvga yana 2 daqiqa vaqt qo'shib berilganini ko'rsatdi. Norvegiya uchun qutqariluvchi, Angliya uchun esa g'alabani saqlab qoluvchi so'nggi soniyalar boshlandi!
114' – Norvegiya jamoasidan xavfli hujum! Zaxiradan maydonga tushgan Oskar Bobb raqib jarima maydonchasi ichida to'pni o'ziga bo'ysundirib, qulay imkoniyatdan kuchli zarba yo'lladi. Biroq u tomonidan tepilgan to'p darvoza to'sini ustidan balandlab chiqib ketdi. Mezbonlar hisobni tenglashtirish uchun yana bir qulay imkoniyatni qo'ldan boy berishdi.
111' – Angliya terma jamoasida o'zgarish. Gol muallifi Jud Bellingem maydonni tark etdi. Uning o'rniga bosh murabbiy himoyachi Den Bernni o'yinga tushirdi. Inglizlar uchrashuvning so'nggi daqiqalarida mudofaani maksimal darajada kuchaytirib, g'alabali hisobni saqlab qolishga harakat qilishmoqda.
109' – Norvegiyaliklardan hujum! Maydonda faol harakat qilayotgan Patrik Berg qulay vaziyatga chiqib borib, raqib darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. Biroq to'p darvoza to'sinidan ancha balandlab, noaniq o'tib ketdi. Mezbonlar vaziyatdan unumli foydalana olishmadi.
106' – Ikkinchi ekstra-taym boshlandi. Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi so'nggi 15 daqiqalik uchun tarkibda o'zgarishga qo'l urdi. Bugun ancha charchab qolgan asosiy hujumchi Erling Xoland zaxiraga olindi. Uning o'rniga o'yinni Yorgen Strand Larsen davom ettiradigan bo'ldi. Mezbonlar bor kuchlari bilan hujumga tashlanishmoqda.
105+3' – Birinchi ekstra-taym yakunlandi! Hakamning hushtagi chalinib, qo'shimcha bo'limning dastlabki 15 daqiqasiga yakun yasaldi. Futbolchilar maydonning o'zida qisqa tanaffus qilib, tomonlarni almashtirishmoqda. Hozircha hisob – 1:2, Angliya oldinda. Tez orada hal qiluvchi ikkinchi ekstra-taym boshlanadi.
105' – Birinchi ekstra-taymning asosiy vaqti yakunlandi. Hakam vaziyatlar, xususan, VAR tekshiruvi uchun sarflangan vaqtni inobatga olib, birinchi qo'shimcha bo'limga yana 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi. Kurash davom etadi!
102' – PENALTI BEKOR QILINDI! Vaziyatga VAR tizimi aralashdi. Bosh hakam monitor yoniga borib, vaziyatni takroriy lavhalarda diqqat bilan ko'zdan kechirdi. Ma'lum bo'lishicha, bu yerda Norvegiya himoyachilari tomonidan qoida buzilmagan, aksincha, Jed Spens o'zi raqib bilan to'qnashuv keltirib chiqarishga uringan ekan. Hakam 11 metrlik nuqtaga belgilangan qarorini bekor qildi! O'yin davom etadi.
99' – PENALTI! Angliya terma jamoasi hisobdagi farqni oshirish uchun juda qulay imkoniyatga ega bo'lmoqda. Chap qanotdan tezkorlik bilan raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan Jed Spens Norvegiya himoyachilari tomonidan yiqitildi. Bosh hakam hech qanday ikkilanishsiz 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi!
93' – GOOOOL!!! ANGLIYA OLDINDA!!! Mehmonlar ekstra-taymda hisobni o'zgartirishga muvaffaq bo'lishdi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Morgan Rojers raqib darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. Norvegiyaliklar posboni Eryan Nyuland to'pni qaytarishga erishdi, biroq qaytgan to'pga birinchi bo'lib yetib kelgan Jud Bellingem aniq zarba bilan uni darvozaga joylab qo'ydi – 1:2!
91' – Birinchi ekstra-taym boshlandi! Hakam hushtagini chaldi va qo'shimcha 30 daqiqalik bahsga start berildi. Jamoalar maydondagi poziciyalarini saqlab qolgan holda kurashni davom ettirishmoqda. Ko'ramiz, charchoq alomatlari sezilayotgan ushbu daqiqalarda qaysi jamoa o'z foydasiga vaziyatni hal qila olar ekan.
90+9' – Hakamning hushtagi chalindi! Uchrashuvning asosiy va qo'shib berilgan vaqti ham o'z nihoyasiga etdi. Tablodagi hisob – 1:1.
Jamoalar g'olibni aniqlay olishmadi, demak, bizni oldinda yana 30 daqiqalik shiddatli kurash – har biri 15 daqiqadan iborat ikkita ekstra-taym kutmoqda! Biroz dam olamiz va ekstra-taymlarni kutamiz.
90' – Uchrashuvning asosiy vaqti o'z yakuniga etdi. To'rtta hakam tomonidan ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga yana 7 daqiqa qo'shib berildi. Jamoalarda g'alaba to'pini kiritish uchun hali etarlicha vaqt bor! Shiddatli daqiqalar bizni kutmoqda.
89' – Angliya terma jamoasi bosh murabbiyidan so'nggi daqiqalarda hujumkor o'zgarish! Himoyachi Ezri Konsa maydonni tark etdi. Uning o'rniga hujumkor yarim himoyachi Morgan Rojers o'yinga qo'shildi. Inglizlar g'alabani ilib ketish uchun bor kuchlari bilan oldinga intilishmoqda.
86' – Angliya terma jamoasi tarkibida navbatdagi o'zgarish. Bugun chap qanot himoyasida harakat qilgan Niko O'Rayli o'z o'rnini Jed Spensga bo'shatib berdi. Murabbiy uchrashuv so'nggida mudofaa chizig'ini yangilamoqda.
85' – Norvegiya terma jamoasidan navbatdagi hujum. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Antonio Nusa qulay nuqtaga chiqib borib, darvozani nishonga oldi. Biroq uning yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi va inglizlar posboni Jordan Pikford to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
78' – Angliyaning javob hujumi! Bukayo Saka qanotdan jarima maydonchasi ichiga juda xavfli uzatmani amalga oshirdi. To'p darvoza ustunining shundoqqina yonidan o'tib ketdi – yugurib kelayotgan Anderson to'pga biroz eta olmay qoldi. Aks holda, darvoza ishg'ol etilishi muqarrar edi.
76' – XAVFLI VAZIYAT! Norvegiya terma jamoasi hisobni o'zgartirishga juda yaqin keldi. Burchak to'pidan so'ng tashkil etilgan xavfli hujum natijasida Volfe darvoza tomon bosh bilan zarba yo'lladi. Inglizlar baxtiga, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi! Mehmonlar muqarrar goldan qutilib qolishdi.
71' – Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi tarkibni yangilashda davom etmoqda.
68' – Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi tarkibda bir yo'la ikkita o'zgarishni amalga oshirdi. Maydonni bugungi gol muallifi Andreas Shelderup va hujumchi Aleksandr Syorlot tark etishdi.
Ularning o'rniga o'yinni Oskar Bobb va Antonio Nusa davom ettiradigan bo'lishdi. Ular maydonga yangi kuch va tezlik olib kirishi kutilmoqda.
60' – Norvegiya terma jamoasi tarkibida majburiy o'zgarish. Joriy uchrashuvda jarohat olgan Yulian Ryuerson maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Uning o'rniga o'yinni 14-raqamli futbolchi Fredrik Eursnes davom ettiradigan bo'ldi.
55' – Vaziyat jiddiy! Bosh hakam VAR tizimiga murojaat qildi va monitor yoniga borib vaziyatni ko'zdan kechirdi. Aniqlanishicha, burchakdan to'p uzatilayotgan paytda Erling Xoland Angliya yarim himoyachisi Andersonni turtib yuborgan ekan. Hakam qoida buzilganini qayd etdi – gol bekor qilindi! Burchak to'pi qaytadan amalga oshiriladigan bo'ldi.
55' – GOOOOL!!! NORVEGIYA YANA OLDINDA!!! Mezbonlar burchak to'pidan unumli foydalanishdi. Burchakdan uzatilgan to'pga norvegiyalik futbolchi kuchli zarba yo'lladi – Jordan Pikford dastlabki zarbani qaytarishga ulgurdi. Biroq qaytgan to'pga birinchi bo'lib yetib kelgan Torbyorn Xeggem uni darvozaga joylab qo'ydi – 2:1!
52' – Norvegiyadan kutilmagan xavfli hujum! Aleksandr Syorlot jarima maydonchasining o'ng burchagidan hamma uzatma kutgan bir paytda darvozaga kuchli zarba yo'lladi. Biroq Jordan Pikford sergaklikni yo'qotmadi va to'pni qaytarib yuborishga erishdi.
48' – Jarima zarbasini Eberechi Eze ijro etdi. Biroq uning yo'llagan zarbasi jarima maydonchasi ichida turgan o'z jamoadoshiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. To'p norvegiyaliklarga o'tmoqda.
46' – Xarri Keyn raqib jarima maydonchasi yaqinida himoyachilar tomonidan yiqitildi. Bosh hakam qoida buzilganini qayd etdi – Angliya terma jamoasi juda xavfli nuqtadan jarima zarbasini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lmoqda.
46' – Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan Angliya terma jamoasi tarkibida ikkita o'zgarish amalga oshirildi. Maydonni 20-raqamli futbolchi Noni Madueke va 4-raqamli Deklan Rays tark etishdi. Ularning o'rniga o'yinni 7-raqamli Bukayo Saka hamda 21-raqamli Eberechi Eze davom ettiradigan bo'lishdi.
46' – Ikkinchi bo'lim boshlandi! Hakam hushtagini chaldi va bu safar maydon markazidan to'pni Angliya terma jamoasi futbolchilari o'yinga kiritib berishdi. Qani, ko'ramiz, ikkinchi bo'lim bizga qanday sovg'alar tayyorlagan ekan.
45+5' – Birinchi bo'lim yakunlandi! Hakam jamoalarni tanaffusga taklif qiluvchi hushtagini chaldi.
Jozibali va shiddatli kechgan dastlabki 45 daqiqalikdan so'ng tabloda jangovar durang – 1:1. Biroz dam olamiz va ikkinchi bo'limni kutamiz.
45+4' – Angliya yana gol urdi, ammo hisob o'zgarmadi! Jud Bellingemning ajoyib pasidan so'ng, Xarri Keyn raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va to'pni darvozabon ustidan “parashyut” uslubida tashlab qo'ydi. Biroq qanot hakami bayroqchasini ko'tardi – ofsayd sababli gol inobatga olinmadi.
45+2' – GOOOOL!!! ANGLIYA HISOBNI TENGLASHTIRDI!!! Birinchi bo'lim tugashi arafasida mehmonlar muhim golni urishmoqda. Jud Bellingem katta tezlikda raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va chap oyoqda darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi. Nyuland jamoasini qutqara olmadi – 1:1!
45' – Birinchi bo'limning asosiy vaqti tugadi. Bosh hakam tomonidan birinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
44' – Norvegiyada juda qulay imkoniyat boy berildi! Mezbonlarning ikki hujumchisi Angliyaning birgina himoyachisiga qarshi vaziyatda qolib ketgandi. Biroq Aleksandr Syorlot qaror chiqarish va zarba berishda kechikib qoldi, vaholanki qulayroq vaziyatda turgan Erling Xoland undan pas kutayotgan edi. Himoyachi xavfni bartaraf etdi.
40' – Mehmonlar darvozasi oldida yana bir xavfli vaziyat! Martin Edegor qulay nuqtadan darvozaning yaqin pastki burchagini nishonga oldi. Zarba aniq va xavfli chiqdi, biroq Jordan Pikford katta qiyinchilik bilan to'pni egallab olishga erishdi.
39' – Norvegiya hisobni oshirishi mumkin edi! Aleksandr Syorlot jarima maydonchasi ichida qulay poziciyaga chiqib bordi va chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi. Biroq uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi – to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
36' – GOOOOL!!! NORVEGIYA HISOBNI OCHMOQDA!!! Kutilmagan va ajoyib gol! Andreas Shelderup jarima maydonchasi burchagida to'pni qabul qildi. Hamma undan uzatma kutgan bir vaqtda, u darvoza tomon kuchli va aniq zarba yo'lladi. Pikford bunday zarbani kutmagandi, to'p to'rga borib tushdi – 1:0!
33' – Ingilizlar himoyasida jiddiy xato! Jon Stounz to'pni uzatishda xatoga yo'l qo'ydi, biroq Erling Xoland katta tezlikda yugurishiga qaramay, to'pga eta olmadi. Darvozabon Jordan Pikford epchillik ko'rsatib, oldinga chiqdi va xavfni bartaraf etdi.
32' – Maydon markazida qoida buzildi. Entoni Gordonga nisbatan Yulian Ryuerson qo'pollik ishlatdi. Hakam o'yinni to'xtatib, Angliya foydasiga standart vaziyat belgiladi. Mehmonlar to'pni yana o'yinga kiritishadi.
29' – Xavfli vaziyat! Jarima to'pini Angliya terma jamoasi sardori Xarri Keyn ijro etdi. Uning darvoza tomon yo'llagan juda kuchli zarbasidan so'ng to'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.
28' – Norvegiya jarima maydonchasi yonida xavfli vaziyat! Kristoffer Ayer o'z darvozasi yaqinida qoidani buzdi va Jud Bellingemni yiqitdi. Hakam vaziyatga yaqin edi va darhol hushtagini chaldi – Angliya foydasiga juda qulay nuqtadan jarima to'pi belgilandi.
23' – Angliyaning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi. O'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatilgan xavfli pasni Niko O'Rayli o'ziga bo'ysundira olmadi.
16' – Endi Angliya chap qanotdan hujum tashkil etdi. Entoni Gordon tezlik bilan oldinga intilib, to'pni markazga, jarima maydonchasi ichiga uzatdi. Biroq Norvegiya himoyachisi o'z o'rnida ishonchli o'ynab, xavfni bartaraf etdi – to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Mehmonlar burchak to'pini amalga oshirishadi.
7' – Hakam o'yinni to'xtatdi. Angliya terma jamoasining navbatdagi hujumida Noni Madueke qanotda to'pni qabul qilayotgan paytda chiziq hakami bayroqchasini ko'tardi – ofsayd. To'p mezbonlarga topshirilmoqda.
2' – Angliya terma jamoasidan ilk xavfli yurish. Noni Madueke o'ng qanotdan tezlik evaziga oldinga intilib, jarima maydonchasi ichiga uzatma amalga oshirdi. Biroq uzatma noaniq ketdi.
1' – Hakamning hushtagi yangradi va o'yinga start berildi! Uchrashuvni Norvegiya terma jamoasi futbolchilari markazdan boshlab berishdi. Qani ketdik!
Jamoalar yashil maydonga chiqib kelishdi! Stadion uzra ikki davlatning milliy madhiyalari yangradi. Futbolchilar madhiyalarni tinglab bo'lib, bir-birlari bilan qo'l berib ko'rishishmoqda va o'z poziciyalarini egallashga shaylanishmoqda. Uchrashuv boshlanish arafasida!



