So’nggi yangiliklar

10:11"Барселона" ва МЮ ўзаро футболчи алмашиши мумкин  1 10:04"Локомотив" — "Қизилқум" ўйини 25 август куни бўлиб ўтади. ПФЛ мавжуд ҳолат учун футбол жамоатчилигидан узр сўрайди  0 09:39Европанинг яна бир номдор клуби молиявий сабабларга кўра қаттиқ санкцияларга учраши мумкин  1 09:10"Сурхон" "Пахтакор"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  1 08:44"Манчестер Сити" Альвареснинг ўрнига осиёлик ҳужумчи билан шартнома тузмоқчи  2 08:17Шунчаки дахшат! "Реал Мадрид" рекорд сумма тўлаб 12 ёшли футболчини сотиб олди  3 07:54"Сурхон" 30 йиллик нохуш анаънага чек қўйди  4 07:22Бугун Суперлиганинг 17-турига старт берилади  2 02:00Конференциялар лигаси саралаши. Ҳусанов захирадан тушган ўйинда "Ланс"дан ғалаба, де Хеадан "омадсиз камбэк"  1 01:27Рафаэль Бенитес ўзи мураббийлик қилган энг яхши футболчи кимлигини айтди  6 01:06Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумни дуранг билан бошлади  4 00:37"Лион" барча футболчиларини трансферга қўйди. Сабаби ҳам маълум  1 00:16Энрике Мбаппе ҳақидаги саволга жавоб беришни истамади: "Сизлар зерикарлисизлар"  2 23:50Харри Кейн: "Энди менда ҳам совринлар учун курашишга имкониятлар бор"  3 23:28Конференциялар лигаси саралаши. "Челси" ва "Ланс"нинг баҳс учун таркиблари маълум қилинди  2

A Seriyaning eng qimmat 5 o'yinchisi Yangiliklar

A Seriyaning eng qimmat 5 o'yinchisi

Bugun Italiyada faoliyat yuritadigan va eng yuqori maosh oluvchi futbolchilar haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Paulo Dibala
Klub: “Yuventus”
Narxi: 110 mln evro
Yoshi: 25

Dibala jahon futbolining asosiy umidlaridan biri hisoblanadi. Argentinalik hujumchi o'smirlik paytidayoq o'zini tanitishga ulgurgan. Dibalaning “Yuventus”dagi o'rni yildan-yilga o'sib bormoqda. Biroq, joriy mavsum Paulo uchun qiyin kechdi. U yangi taniqli jamoadoshi endi uning klubida to'p tepishiga ko'nikishi lozim. Portugaliyalikning jamoaga kelgani Dibala jarima maydonida erkin harakatlari sustlashishi va zarbalar soni kamayishiga olib keldi. CHunki bunga qadar “Yuventus”ning asosiy o'yinchisi Dibala edi. Ammo Paulo ECHL doirasida urgan 5 goli tufayli “Keksa sinora”ning eng yaxshi bombardiri bo'la oldi. Turinliklar bu sovrinni qo'lga kiritish uchun anchadan buyon harakat qiladilar. Ehtimol, argentinalik futbolchining sifatli o'yini tufayli ular bu mukofotga shu mavsumda ega chiqar?!

Dibalaning narxi yildan-yilga ko'tarilib bormoqda. 2018 yil yozda hujumchining narxi 110 million evroga etdi. JCH-2018da Argentina termasining omadsiz ishtiroki ham futbolchining maoshiga salbiy tasir ko'rsatolmadi. PSJ, “Man Siti” va “Bavariya” Pauloni qishdayoq o'z jamoasiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. Biroq “Yuventus” Dibala transferi bo'yicha takliflarni yozda ko'rib chiqishini malum qildi.

Mauro Ikardi
Klub: “Inter”
Narxi: 100 mln evro
Yoshi: 25

O'tgan mavsumning eng yaxshi bombardiri A Seriya joriy mavsumida 9ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ikardi “Inter”ning ajralmas bo'lagidir. Mish-mishlarga qaraganda, Madridning “Real” klubi yanvarda uni xarid qilishga urinib ko'rmoqchi. Mauroning narxi borasida keskin o'sishlar bo'lmadi.

Forvard “Inter”ga o'tganidan buyon maoshi asta-sekin ko'tarilib bordi. 2017 yil dekabrda Ikardining ish haqi 25 million evroga oshirildi. Agar argentinalik shu yo'sinda davom etsa, unda Dibalaning etakchiligi uzoqqa cho'zilmaydi.

Krishtianu Ronaldu
Klub: “Yuventus”
Narxi: 100 mln evro
Yoshi: 33

Jahonning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lmish Ronalduning narxi 2014 yildan buyon 100 million evrodan pasaygani yo'q. Uning maoshi eng yuqoriga ko'tarilgan vaqti 2014 yil iyul va 2018 yil yanvar oylarida bo'ldi — 120 million evro. Hozirgi kunda Krishtianu Ronalduni 100 million evroga baholashmoqda. 33 yoshli futbolchi uchun bu juda katta summa. Lekin Krishtianu maydonda shunga yarasha yuqori darajadagi o'yin ko'rsata olyapti.

Yozda amalga oshgan bu transfer to'laligicha o'zini oqladi. KriRo chempionat doirasida hammadan ko'p gol ura oldi va gol+pas (14+6) tizimi bo'yicha eng foydali o'yinchilardan biri bo'ldi. Portugaliyalik bu mavsumda Italiyaning asosiy snayperi bo'lishiga shubha yo'q.

Lorenco Insine
Klub: “Napoli”
Narxi: 75 mln evro
Yoshi: 27

“Napoli” chap qanot hujumda o'ynaydigan yarim himoyachisi sifatli o'yini bilan ko'pchilikning etiboriga tushgan. Insine 2013 yildan beri shu jamoada to'p tepadi. 5 yil avval yarim himoyachini 11 million evroga baholashgandi. Bugungi kunda Lorenconi xarid qilishni xohlaganlar endi 7 barobar ko'p pul sarflashi kerak. Mish-mishlarga qaraganda, ular qatorida APL etakchisi “Liverpul” ham bor. “Napoli” o'yinchi bilan xayrlashish niyati yo'q va italiyalikka yangi shartlar qayd etilgan shartnoma taklifi bilan chiqmoqchi. Italiya termasida yarim himoyachining eng yuqori maoshi o'tgan dekabrda bo'lgandi. 2017 yilning ikki oyi ichida Insinening maoshi 20 million evroga oshdi. 2018 yilda esa yana 15 million evro qo'shib beriladigan bo'ldi.

Sergey Milinkovich-Savich
Klub: “Lacio”
Narxi: 75 mln evro
Yoshi: 23

Serbiyaning markaziy yarim himoyachisi “Lacio”ning asosiy o'yinchilaridan biridir. Unga “Milan” va “Inter” qiziqish bildirmoqda, “Barselona” esa u ishtirokidagi uchrashuvlarga skautlarni yubormoqda. Joze Mourino “MYU”dan istefoga chiqqunga qadar, jamoani kuchaytirish uchun nomzodlar orasiga serbiyalikni ham qo'shgandi. Yozda unga “Yuventus” ham qiziqish bildira boshladi. “Lacio”dan ketadimi yoki aksincha, buni vaqt ko'rsatadi. Savich Rim klubi tarkibida yuqori darajadagi mukofotlarni qo'lga kiritishi mushkul. Milinkovich-Savichning narxi yozdan buyon 15 million evroga pasaydi. Bazi xaridorlar bundan xursand bo'lishi aniq.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика