So’nggi yangiliklar

20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  0 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  1 19:50Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан, "Олимпик-MobiUz" "Локомотив" билан ўйнамоқда  0 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  0 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  0 18:04Қўқонда йирик ғалабага эришган мураббий, дубль қайд этган ҳужумчи, дербида дуранг ўйнаган посбон — Суперлигада 12-турнинг энг яхшилари  2 17:32Кафу: "Гаттузо – мукаммал танлов"  3 17:04Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади  1 16:38"Арсенал" иқтидорли футболчиси билан шартномани узайтиришга жиддий киришган  0 16:11Transfermarkt: Мозговой Неъматовга етиб олди, Сергеевнинг нархи 1 миллион бўлди   7 16:03"Насаф" Қаршида "Навбаҳор" устидан минимал ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 15:40Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Тошкент вилоятида йиғинга киришди  3 15:05Винисиус Хаби Алонсо ҳақида қандай фикрда?  0 14:36Англиянинг 3 та клуби Гарначога қизиқмоқда  0

Haqiqiy drama. Ikki kishi kam bo'lib qolgan "Tambov" 100-daqiqada penaltidan gol ura olmadi va mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

Haqiqiy drama. Ikki kishi kam bo'lib qolgan "Tambov" 100-daqiqada penaltidan gol ura olmadi va mag'lubiyatga uchradi

Rossiya chempionati 13-turi doirasidagi bellashuv 21:00 da boshlanadi va saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi.

FC Tambov

German Onugkha - 64'

Premier League . 13-tur

01/11/2020, 21:00

2
:
1
Tugadi

Dinamo Moscow

Daniil Lesovoy - 8', Nikolai Komlichenko - 90'

Stadion: Mordovia Arena

45'
90'
2'  Oleksandr Kapliyenko
37'  Mohammed Rabiu (Sebastien Thill)
44'  Anton Kilin
54'  Anton Kilin
57'  Pavel Karasyov
60'  Guram Tetrashvili
64'  German Onugkha
88'  Sebastien Thill (Adesoye Oyevole)
90'  Evgeniy Shlyakov
90'  German Onugkha
6'  Sebastian Szymanski
8'  Daniil Lesovoy
8'  Daniil Fomin
32'  Roman Neustaedter
58'  Anton Terekhov (Vladislav Karapuzov)
63'  Ivan Ordets
70'  Roman Neustaedter (Konstantin Tyukavin)
78'  Dmitriy Skopintsev (Arsen Zakharyan)
90'  Nikolai Komlichenko
90'  Nikolai Komlichenko

"Tambov" – "Dinamo" 1:2

"Mordoviya Arena"

Gollar: 0:1 – 8 Lesovoy, 1:1 – 64, penalti Onugxa, 1:2 – 90, penalti Komlichenko.

"Tambov" – Ryjikov, Rybin, Takazov, SHlyakov, Tetrashvili, Kilin, Rabiu (Till, 37; Oyevole, 88), Kaplienko, Karasev, Aroyan, Onugxa.

"Dinamo" – SHunin, Evgenev, Ordec, Parshivlyuk, Skopincev (Zaxaryan, 78), Lesovoy, Noyshtedter (Tyukavin, 70), Terexov (Karapuzov, 66), SHimanski, Fomin, Komlichenko.

Ogohlantirishlar: Kaplienko (2), SHimanski (6), Noyshtedter (32), Kilin (44), Karasev (57), Ordec (63), SHlyakov (90).

CHetlatishlar: Kilin (54), Tetrashvili (59).



UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+10. SEYV! SHunin Onugxaning zarbasini qaytardi. 

90+7. PENALTI! Endi "Dinamo" darvozasi tomon! DAHSHAT!

90+6. Bosh hakam Karasyov yana VAR ekrani tomon odimlab, vaziyatga o'zi baho bermoqchi.

90+5. "Dinamo" maydonida qoida buzilgan ko'rinadi. Hakam VARga murojaat qildi. Qo'shib berilgan vaqt ham tugaganiga qaramasdan hakam VAR qarorini kutmoqda.

90+3. GOL! "Dinamo" hisobda oldinga chiqib oldi. Zarbani Komlichenko ijro etdi.

90+1. PENALTI! 

90. Bosh hakam vaziyatni ko'rish uchun ekran oldiga yaqinlashdi.

88. Burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng "Dinamo" futbolchisi to'pga zarba berdi va to'p yo'l yo'lakay "Tambov" o'yinchisining qo'liga tekkan ko'rinadi. VAR ishga kirishgan, hamma kutmoqda.

87. "Tambov"da o'zgarish: Till o'ringa Oyevole maydonga tushdi.

85. O'yin faqat "Tambov" yarim maydonida davom etmoqda, mezbonlar 8 futbolchi va 1 darvozabon bilan himoyalanishmoqda.

80. Ko'pchilik Jasur Jaloliddinovning maydonga tushishini kutmoqda, ammo mezbonlar o'zgarishni birinchi bo'limda amalga oshirishgan va hozirgacha biror futbolchini zaxiradan o'yinga qo'shishmadi.

75. Ikki kishi ko'p bo'lib o'ynayotgan "Dinamo" raqib darvozasiga yo'l topa olmayapti.

69. "Dinamo" katta kuch bilan oldinga o'tmoqda, ammo so'nggi uzatmalar noaniq bo'lmoqda.

64. GOOOL! Onugxa 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi.

63. "Tambov" foydasiga penalti! "Dinamo" himoyachisi o'z jarima maydonchasi ichidagi to'pni tepib yuborishga urindi, ammo Ordec kutilmaganda raqibining oyog'iga zarba berdi.

59. "Tambov"ning yana bir futbolchisi chetlatildi. Tetrashvilining ahmoqgarchiligi qimmatga tushdi.

57. Tetrashvili jarohat olib yotgan futbolchini oyog'i bilan bosib oldi. Bu atayin qilingan ish edi. U ham chetlatilsa kerak. VARga murojaat qilindi.

54. QIZIL KARTOCHKA! Birinchi bo'limda sariq kartochka olgan Kilin ("Tambov") ikkinchi taymda ham qo'pollik ishlatib, yana jazolandi. Uning ikki sariq kartochkasi qizil kartochkaga aylandi va jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi.

52. ZARBAAA! Terexovning zarbasi "Tambov" darvozasi ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

49. "Tambov" to'pni burchakdan uzatdi va to'p "Dinamo" futbolchisining qo'liga tekkandek ko'rindi, ammo takroriy lavhada bunday emasligi aniqlandi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

44. Kilin sariq kartochka bilan jazolandi. U havodagi kurashda "Dinamo" futbolchisiga qarshi qo'pol o'ynadi.

40. "Tambov" burchak zarbasi ishlab oldi, jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Onugxa boshi bilan darvozaga burdi. SHunin esa osonlik bilan to'pni ushlab oldi.

31. SHimanskining zarbasidan so'ng to'p "Tambov" himoyachisiga tegdi va biroz yo'nalashini o'zgartirdi, ammo Rijikov to'pni qaytarishi uchun bu rikoshet muammo bo'lmadi.

29. Statistika

Zarbalar 0-9

Aniq zarbalar 0-4

24. Katta ustunlik "Dinamo" tomonda. Jamoa ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda, ammo vaziyatlar noaniq zarbalar bilan yakun topmoqda.

15. "Tambov" hujumga o'tishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda, "Dinamo" esa 15 daqiqa ichida 3tadan ortiq zarba berishga ulgurdi.

8. GOL! "Dinamo" hisobni ochdi. "Tambov" futbolchisi markazda to'pni oldirdi va "Dinamo" futbolchilari tezkor qarshi hujum tashkil qilib, darvozani ishg'ol qilishdi. Gol muallifi Lesovoy.

7. Komlichenko "Tambov" darvozasi tomon zarba berdi, ammo Rijikov yaqin burchakni yaxshi yopdi va to'pni egallab oldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Mezbonlar azosi Jasur Jaloliddinov zaxirada qoldirildi.

"Tambov" – "Dinamo"

21.00, "Mordoviya Arena"

"Tambov": Rijikov, Takazov, SHlyakov, Aroyan, Kaplienko, Karasev, Tetrashvili, Kilin, Muhammad, Onugxa.

Zaxira: CHagrov, CHicherin, SHaxov, Oyevole, Volodko, Kabaxidze, Till, Jaloliddinov.

"Dinamo": SHunin, Parshivlyuk, Evgenev, Ordec, Skopincev, Noyshtedter, Terexov, Fomin, Lesovoy, SHimanski, Komlichenko.

Zaxira: Sangare, Pliev, Slepov, Raush, Varela, Karapuzov, Moskvichev, SHkolik, Zaxaryan, Tyukavin.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика