So’nggi yangiliklar

17:44Мбаппе "Манчестер Сити"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  1 17:12Breaking! Ратиньо фаолиятини водийда давом эттиради  5 16:45Расман: "Навбаҳор" "Йил кашфиёти"ни таркибда олиб қолди  2 16:28"Андижон" "Одил Аҳмедов ФА"га мағлуб бўлди  6 16:01Роналду билан шов-шувли интервьюлар уюштирган Пирс Морган Салоҳни суҳбатга таклиф этди  8 15:35Англия терма жамоаси футболчиси барда бир кишини боши билан ургани учун ҳибсга олинди  0 15:04"Тоттенхэм" ҳимоячиси январгача сафдан чиқди  0 14:34"Барселона" ҳимоячиси Мартин: "Айнтрахт" Франкфуртга қарши ўйинда очко йўқотишга ҳаққимиз йўқ"  1 14:05Каррагер: "Салоҳ "Ливерпул"га қўшилишидан олдин "Челси"да муваффақиятсизликка учраган одам сифатида танилганди"  22 13:37Жалолиддин Машариповга водий жамоаларидан қизиқиш бор, бироқ...  8 13:10Суперлига-2025. Автоголлар статистикаси  0 12:50TVCOM'да бугунги ўйинлар: ЕЧЛ қайтди ва бошқалар  0 12:27Transfermarkt: Ўрунов — Эрон чемпионатининг энг қиммат футболчиси, Машарипов ўнликда  7 11:53Зидан "Реал"га мураббийлик қилиш ниятида эмас  4 11:17"Манчестер Сити" ҳимоячиси кулгили тарзда жароҳат олди  4

Vadim Abramov: "Xotirjamlik bilan g'alaba qozondik" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Xotirjamlik bilan g'alaba qozondik"

O'zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi "Dinamo" - "Lochin" (5:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoa tezkor gol urishga intildi va natijada o'yin nisbatan osonroq kechdi. Bugun xotirjamlik bilan g'alaba qozondik. O'yindagi tezkor gollar va chetlatish yirik natijaga sabab bo'ldi. Raqib kamchilikda qolgach, oradagi farq yaqqol bilindi. Shunga qaramay, raqib jamoaning harakatlarini alohida qayd etishim kerak.

Xet-trikka erishgan Mirjahon Mirahmadov va Firdavs Abdurahmonovning o'yini haqida? Ular o'z ishlarini qilishdi. Har ikki futbolchi ham hujumchi, gol urish ularning vazifasi. Bu gollardan keyin ularda o'ziga bo'lgan ishonch oshishiga umid qilaman, har ikki o'yinchi uchun ham xursandman

Ratinoning zaxiraga olingani sariq kartochka bilan bog'liqmi? Ha, ogohlantirish bilan ham bog'liq, ammo u birinchi bo'limdan keyin kichik jarohat bilan harakat qilayotgandi. Oldinda muhim o'yinlar ham bor.

Chorakfinalda qaysidir raqibni kutamanmi? Yo'q, qura bizga kimni tushirsa o'sha jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Kimnidir yoki qaysidir jamoani kutmayman. "Xorazm"ga qarshi o'yin? Ha, navbatdagi turda "Xorazm" bilan bahs kutib turibdi, raqibni hurmat qilamiz. Endi ushbu o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz, - dedi Vadim Karlenovich.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика