23ta o'yindan so'ng "Paxtakor" yana o'z maydonida "Loko"ga mag'lub bo'ldi
21 okt 2018 11:00
Yangiliklar
23ta o'yindan so'ng "Paxtakor" yana o'z maydonida "Loko"ga mag'lub bo'ldi
Ko'pchilik bu o'yinni chempionlikni hal qiluvchi bellashuv dedi. Balki shundaydir, ammo Superliga tugashiga hali 6ta tur bor. SHunday ekan, hozirdan shoshilmagan maqul.
Ammo fakt shuki, "Paxtakor" o'z maydonida "Lokomotiv"ga yutqazib qo'ydi. Kubok o'yinida "Paxtakor" "Loko"ga umuman imkoniyat qoldirmasdan 4:0 hisobida zafar quchgandi. Lekin kechagi bellashuvda mana shu shiddat ko'rinmadi. "Lokomotiv" baribir chempionat bahsiga boshqacha munosabatda bo'ldi.
Kechagi g'alabadan so'ng "Lokomotiv" "Paxtakor"ning o'z maydonida davom etgan 23ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'ydi. Ha, "Paxtakor" oxirgi marta o'z uyida 2017 yilgi mavsumning 7-turida aynan "Lokomotiv"ga yutqazib qo'ygandi. O'shanda Marat Bikmaevning dubli "temiryo'lchilar"ga 2:1 hisobidagi g'alabani taqdim etgandi.
SHundan so'ng "Paxtakor" o'z maydonida 11ta uchrashuv o'tkazib hammasida g'alaba qozongan, bu yilgi Superliganing birinchi bosqichida ham 11 bor maydonga tushib 6ta g'alaba va 5 durang qayd etgandi. Ikkinchi bosqichda jamoa o'z maydonida ikkita uchrashuv o'tkazdi va shundan biri mag'lubiyat bilan yakunlandi.
SHunday qilib "Paxtakor"ning o'z maydonida davom etib kelgan 23ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga yana "Lokomotiv" barham berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar