So’nggi yangiliklar

18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  0 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  8 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0 17:06Фабио Каннаваро Турғунбоев ва Эшмуродовнинг йиғинга чақирилишига изоҳ берди, МТЖда икки нафар футболчи жароҳат олган  9 17:03"Унда ўзбек футболчилари ҳақида кўп маълумот бор" - Фабио Каннаваро Тимур Кападзенинг ёрдамчи бўлиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  9 16:40"Нефтчи" – "Андижон" ва "Бунёдкор" – "Насаф" учрашувларида пенальти ҳолатлари бўлганмиди? 24-турдаги ҳакамлик таҳлили  3 16:21"Реал" ТВ Родригонинг жарима майдонида йиқилиши ҳақида: "Трансляция контакт пайтида бошқа кадрга ўтиб кетди"  4 16:02Ҳожимат Эркинов: "Бундан футболчи чиқмайди, бўйи паст" деб айтганлар бўлган"  0 15:43"Наполи" Неймар билан шартнома имзоламоқчи бўлган экан  0 14:57Терма жамоага яна икки футболчи чақирилди  7 14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  12 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  7 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  13 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1

Mutolaa uchun. 1994 yil Roberto Karlos "Spartak"ga o'tishi mumkin edi. Ammo Romancev unga 500 ming dollar to'lashni istamagan Yangiliklar

Mutolaa uchun. 1994 yil Roberto Karlos "Spartak"ga o'tishi mumkin edi. Ammo Romancev unga 500 ming dollar to'lashni istamagan

1994 yilning iyun oyida "Palmeyras" Rossiyaga gastrol safari uyushtirdi.

Yo'q, Maykl Jekson ham emas, "Red Hot Chili Peppers" ham emas, aynan San-Paulu klubi. Ular Moskvada bo'lib o'tgan Lev Yashin xotira turnirida ishtirok etishdi. Keyin esa Kamishin shahri tomon yo'l olishdi va u erda mahalliy "Tekstilshhik" klubini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Braziliyaliklar har bir o'yinda jamoa uchun 25 ming dollardan pul olishgan. SHuning uchun ham, Rossiyaga safar uyushtirish ularga faqatgina zavq bag'ishlagan.

Moskvadagi turnir 15 iyun kuni bo'lgan. Bahslar bir taymdan iborat bo'lgani uchun musobaqa bir kunning o'zida yakunlangan. "Palmeyras" g'olib bo'ldi: braziliyaliklar "Dinamo" (2:1) va "Spartak" (2:0) ustidan g'alabaga erishdilar. Petrov bog'idagi stadion tribunalarida taxminan 15 ming tomoshabin yig'ilgandi (televidenie orqali reklama berishmagan, internet esa hali yo'q edi).

"Palmeyras" ikki futbolchisining kelishi ommani ayniqsa quvontirgandi: Braziliya "Oltin to'p"ining ikki karra g'olibi Sezar Sampayo (u JCH-1994da ishtirok etmagan, ammo Franciyadagi mundialida 3ta gol urgan) va 21 yoshli Roberto Karlos.




Turnirni faqatgina Moskva futboli ishqibozlari kuzatmagan: o'z jamoasi tarkibini kuchaytirmoqchi bo'lgan murabbiylar ham o'sha erda edi. Ha, Roberto Karlos Rossiyada qolishi mumkin edi deb taxmin qilgandirsiz?


Aleksandr Tarxanov yodga oladi:

"1994 yili menga uncha katta bo'lmagan pul evaziga Roberto Karlosni taklif qilishdi. Bir do'stim "Palmeyras"ni Rossiya bo'ylab aylantirish uchun tur tashkil qildi. Braziliyaliklar bilan o'ynashni istaganlar ularga 25 ming dollar to'lab berishi lozim edi. Adjariyada prezidentlik uchun saylov bo'ldi — ularni hattoki, o'sha erga ham olib borishdi. Mana aeroportda ertalabdan braziliyaliklarni kutib olyapmiz, ular Kolumbiyadan uchib kelishmoqda. Holdan toygan, qorni och — biz bufetni ochdik, barcha buterbrod va konservalarni oldik, choy damladik… Kulgili-a?

Kechasi "Palmeyras" "Spartak" va "Dinamo"ga qarshi bir taymdan o'yin o'tkazadi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha braziliyalik murabbiy dedi: jamoa uyqisirab yuribdi. Avtobus kerak emas, stadiongacha piyoda borishsin. Ular bir-biriga urilib, qoqilib borardilar. Buni ko'rgan Tolstix: "Qanaqa jamoani boshlab kelyapsizlar?" Men unga javoban: hozir, Kolya, o'zing maydonda hammasini ko'rasan. Braziliyaliklar ikki bahsda ham shunday ajoyib o'yin ko'rsatishdiki, muxlislar tik turgan holda ularni kuzatib qo'yishdi. "Dinamo" ularga bitta gol urdi, ammo keyin maydon markazigacha ham o'tolmadi. Taras Bezubyak hakamlik qilayotgandi va "Dinamo" foydasiga hushtak chaldi. Buni ko'rib turgan 25 ming muxlis unga qarab baqira boshlashdi — Hushtak chalma!


Ramiz Mamedov Roberto Karlosga qarshi

Roberto darvoza to'qqizligiga to'pni joylab qo'ydi va butun maydondan o'tkazib golli uzatma etkazib berdi. "Palmeyras" prezidenti deydi: "Mana bu bizning yulduz, istasangiz ertagayoq olib keting. 500 ming dollar. Amaralni ham sotib olishingiz mumkin. U ham ajoyib futbolchi..." Romancev uzoq o'yladi. "Spartak"ning byudjetida 3 million bor edi. Qanday qilib futbolchini 500 mingga olishi mumkin? Bu ishga qo'l urmadi. Kuz. Roberto Karlos "Inter" safida to'p tepa boshladi.

Tarxanov biroz adashdi: Roberto Karlos 1995 yilning kuzida "Inter"ga ko'chib o'tdi. Milan klubi o'yinchi uchun "Palmeyras"ga 3,5 million evro to'lab bergandi. Moskva va Kamishinda o'rtoqlik uchrashuvlaridan uch yil o'tib,  himoyachi Franciya bilan bahsda mana bu golni urgandi:



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика