O'zbekistonda o'tadigan U-19 Osiyo chempionatiga qura tashlandi. Raqiblarimiz Indoneziya, Kambodja va Eron
18 iyu 2020 13:50
Yangiliklar


O'zbekistonda o'tadigan U-19 Osiyo chempionatiga qura tashlandi. Raqiblarimiz Indoneziya, Kambodja va Eron
Bugun, 18 iyun kuni OFK shtab-kvartirasida yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlash marosimi o'tkazilmoqda.
Quraga ko'ra Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "A" guruhida Indoneziya, Kambodja va Eron bilan kurash olib boradigan bo'ldi.
U-19 Osiyo chempionati-2020 guruhlari:
"A" guruhi: O'ZBEKISTON, Indoneziya, Kambodja, Eron.
"B" guruhi: Janubiy Koreya, Yaponiya, Iroq, Bahrayn.
"C" guruhi: Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Vetnam, Laos.
"D" guruhi: Qatar, Tojikiston, Malayziya, Yaman.
Eslatib o'tamiz, bu yilgi U-19 Osiyo chempionati 14-31 oktyabr kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Musobaqa o'yinlari Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlaridagi jami 4ta stadionda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar