U-16 Osiyo chempionatiga qura tashlandi. Raqiblarimiz Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston
18 iyu 2020 11:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/575005_original.jpg)
![](/upload/storage/575005_220.jpg)
U-16 Osiyo chempionatiga qura tashlandi. Raqiblarimiz Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston
Bugun, 18 iyun kuni OFK shtab-kvartirasida o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlash marosimi o'tkazilmoqda.
Quraga ko'ra Olim SHokirov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi "C" guruhidan joy oldi. Guruhdagi raqiblarimiz: Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindiston bo'ldi.
U-16 Osiyo chempionati-2020 guruhlari
"A" guruhi: Bahrayn, KXDR, Eron, Qatar.
"B" guruhi: Tojikiston, Ummon, Yaman, BAA.
"C" guruhi: Janubiy Koreya, Avstraliya, Hindiston, O'ZBEKISTON.
"D" guruhi: Yaponiya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Xitoy.
Eslatib o'tamiz, bu yilgi U-16 Osiyo chempionati 16 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Bahrayn mamlakatida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar