So’nggi yangiliklar

20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  2 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  7 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  3 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1

Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni Yangiliklar

Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.

1956 yilgi Gonkong mezbonlik qilgan ilk Osiyo Kubogi haqida malumot berdik. Bugun 1960 yil Janubiy Koreyada tashkil etilgan qita chempionatiga “sayr qilamiz”.

Dastlabki Osiyo chempionatida zafar quchgan Janubiy Koreya to'rt yil o'tib ushbu musobaqani o'z uyida qabul qildi. Kuzning ikkinchi oyida bo'lib o'tgan bu safargi musobaqada ham avvalgisidek 4ta jamoa qatnashgan.

Janubiy Koreya mezbon bo'lgani uchun saralashda qatnashmadi.

Markaziy mintaqa saralash guruhida Janubiy Vetnam, Malayziya va Singapur kurash olib borishdi. Ikkala raqibini ham taslim qilgan Janubiy Vetnam ikkinchi marta Osiyo Kubogiga yo'l oldi.

SHarqiy mintaqa saralash guruhida ham uchta jamoa qatnashdi. Unda Xitoy Filippinni ham Gonkongni ham bir xil 7:4 hisoblarida mag'lub etib, o'z tarixida birinchi marta Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqqan.

G'arbiy mintaqa saralash guruhida esa 4ta jamoa ishtirok etgan. Hindistonda o'tgan saralashda Isroil, Eron, Pokiston va mezbonlar qatnashgan. Barchadan ko'p ochko jamg'argan Isroil terma jamoasi ketma-ket ikkinchi bor qita chempionatiga chiqqandi.

Osiyo Kubogi final bosqichida amaldagi chempion Janubiy Koreya barcha uchta raqibni ham mag'lub etib, ketma-ket ikkinchi bor Osiyoda tengsiz bo'ldi. Janubiy Vetnam 5:1 hisobida tor-mor etilgan. Isroil ham yirik hisobda mag'lub etilgan - 3:0. So'nggi turda Xitoy ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonilgan. Qizig'i o'sha musobaqada Janubiy Koreya terma jamoasini bir yo'la ikki bosh murabbiy Vui Xyo Dok va Kim Yong Sik boshqargan.

Osiyo Kubogining 6ta o'yini ham Seul shahridagi "Xyochang" stadionida o'tkazilgan. CHempion jamoa hujumchisi CHo Yun Ok 4ta gol bilan musobaqa to'purari bo'lgandi.


Osiyo Kubogi-1960
Mezbon mamlakat:
Janubiy Koreya
Muddati: 14-23 oktyabr
Jamoalar soni: 4ta
Mezbon shaharlar: 1ta

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni:
6ta
Gollar soni: 19ta (o'rtacha 3,17tadan)
To'purar: CHo Yun Ok (4ta gol)



Osiyo Kubogi-1960 barcha o'yinlar
14 oktyabr
Janubiy Koreya – SHarqiy Vetnam 5:1
Gollar:
CHo Yun Ok 15, 71, Vu Sang Kvon 27, CHo CHung Min 47, Mun Jung Sik 56 – Nguen Van Tu 70.

17 oktyabr
Janubiy Koreya – Isroil 3:0
Gollar
: CHo Yun Ok 17, 60, Vu Sang Kvong 30.

17 oktyabr
Xitoy
 – SHarqiy Vetnam 2:0

19 oktyabr
SHarqiy Vetnam – Isroil 1:5
Gollar:
Tran Van Nxung 68 pen – R.Levi 13, Stelmah 18, S.Levi 25, Menchel 32, Axaroniski 70.

21 oktyabr
Janubiy Koreya – Xitoy 1:0
Gol
: Mun Jung Sik 54

23 oktyabr
Isroil – Xitoy
Gol: 
S.Levi 72.  


#

Osiyo Kubogi-1960

O'

YU

D

M

T-N

O*

1

Janubiy Koreya

3

3

0

0

9-1

6

2

Isroil

3

2

0

1

6-4

4

3

Xitoy

3

1

0

2

2-2

2

4

SHarqiy Vetnam

3

0

0

3

2-12

0


* - o'sha paytlarda g'alaba uchun 2 ochko berilgan. 




Osiyo Kubogi-1960 chempion tarkib
Darvozabonlar

Xam Xeung CHul
Park Sang Xun

Himoyachilar

CHa Te Sung
Kim Xong Bok
Li Eun Sung

Yarim himoyachilar
Kim CHan Ki
Kim Seon Xui
Son Myung Sub

Hujumchilar
YU Gvang Jun
CHung Sun CHun
Mun Jung SHik
CHoi Jung Min
Li Sun Myung
CHo Yun Ok
Vu Sang Kvon
YU Pan Son
Park Kyung Xva
Bosh murabbiylar: Vui Xyo Dok va Kim Yong Sik



Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика