"Milan" va A Seriyasining boshqa etakchi klublari Xeylundga qiziqib qolishdi
08 iyu 23:34
Yangiliklar


"Milan" va A Seriyasining boshqa etakchi klublari Xeylundga qiziqib qolishdi
Rasmus Xeylund hamon A Seriyasi klublarining etiborini tortmoqda.
Jurnalist Janluka Di Marcio xabar berishicha, hujumchiga ehtiyoj sezayotgan A Seriyasining etakchi klublari yozgi transfer oynasi yakunlanishidan oldin daniyalik futbolchini o'z saflariga qo'shib olishga urinishlari mumkin. Takidlanishicha, "Manchester Yunayted" hujumchisi "Milan"da qiziqish uyg'otmoqda, biroq hozircha "rossonerilar"ning ustuvor maqsadi u emas.
Shuningdek, Xeylund "Atalanta"da Rasmus bilan birga ishlagan "Roma" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperiniga ham yoqishi aytilmoqda. Ammo Rim klubiga o'tish faqat ijara asosida amalga oshishi mumkin.
Rasmus Xeylund o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 32 ta o'yinda 4 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar