MYU Onanani sotib, italiyalik darvozabonni birinchi raqamga aylantirmoqchi
27 iyu 14:06
Yangiliklar


MYU Onanani sotib, italiyalik darvozabonni birinchi raqamga aylantirmoqchi
"Manchester Yunayted" "Atalanta" darvozaboni Marko Karnesekki uchun 40 mln evrolik taklif tayyorlamoqda.
Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla o'z saytida yozmoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, "Manchester Yunayted" 24 yoshli italiyalikni birinchi raqam sifatida qo'lga kiritish uchun darvozabon Andre Onanani sotishga urinmoqda.
Karnesekki 2024/25 yilgi mavsum 44 o'yinda qatnashib, 45 ta gol o'tkazib yubordi va 18 ta o'yinda darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.
Italiyalik darvozabonning "Atalanta" bilan amaldagi bitimi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 mln evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar