MYU narxi 60 mln. funt bo'lgan hujumchini sotib olishi mumkin
30 iyu 22:15
Yangiliklar


MYU narxi 60 mln. funt bo'lgan hujumchini sotib olishi mumkin
Olli Uotkins "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
The Athletic xabariga ko'ra, Rasmus Xeylund ketgan taqdirda "Aston Villa"ning eng yaxshi to'purari short-listga kiritiladi.
Angliya terma jamoasi o'yinchisi bilan allaqachon vositachilar orqali aloqalar o'rnatilgan. Birmingemliklar uni 60 million funtga baholamoqda.
Takidlanishicha, Uotkinsning MYUga o'tishi imkoniyati Markus Reshford bo'yicha muzokaralarda muhokama qilingan, ammo Reshfordning "Barselona"da o'ynash istagi bu variantga nuqta qo'ygan edi.
2024/25 APL mavsumida Uotkins 38 o'yin o'tkazib, 16 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar