So’nggi yangiliklar

23:58Шквирин "Андижон"да  1 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  2 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  3 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  13 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  14 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  4 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  7

“Metallurg” yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

“Metallurg” yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan “Metallurg” jamoasi tarkibni kuchaytirish masalasiga ham jiddiy yondoshmoqda.

 Bekobodliklar yana bir iqtidorli o'yinchi bilan kelishuvga erishdilar. Toshkent viloyatining AGMK jamoasi bilan xayrlashgan Muzaffar Muzaffarov uchinchi yig'indan etiboran bekobodliklar safiga kelib qo'shilgan edi. Tibbiy ko'rikdan keyin kuni kecha klub va futbolchi o'rtasida shartnoma rasmiylashtirildi.

Muzaffar Muzaffarov 1995 yilning 12 aprel sanasida tavallud topgan. 23 yoshda. Ampluasi yarim himoyachi. 2014 yildan buyon kuchlilar safida to'p surib kelmoqda. Birinchi mavsumni Farg'onaning “Neftchi” jamoasida o'tkazgan Muzaffar 2015-16 yillarda "So'g'diyona", 2017 yilda "Neftchi", 2018 yilda esa AGMK jamoasida faoliyat yuritdi. SHu yillar davomida Muzaffarov 96 uchrashuvda maydonga chiqib, raqiblar darvozasiga 13 ta gol kiritdi. 19 marta ogohlantirildi. 3 marta esa ikkitalik sariq kartochkalar tufayli maydondan chetlatilgan. Biz Muzaffarga "Metallurg" tarkibiga xush kelibsan, omad yor bo'lsin deymiz!

Muqaddam, "Metallurg" tarkibga Server Jeparov, Kamoliddin Tojiev, SHavkat Mullajonovlarni qo'shib olgandi. SHuningdek, bu mavsumdan etiboran sobiq paxtakorchilar Akbar Ismatullaev, Abbos Otaxonov hamda Stanislav Andreev ham “Metallurg” jamoasi sharafini to'laqonli azolar sifatida himoya etishadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика