"Manchester Siti" Angliya terma jamoasi azosi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi
11 iyu 13:09
Yangiliklar


"Manchester Siti" Angliya terma jamoasi azosi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi
"Manchester Siti" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt bilan kelishuvga erishdi, deb xabar berdi "Football Insider".
Manbaga ko'ra, yarim himoyachi "Siti"ga o'tishga rozi, ammo klublar transferni kelishib olmagan. Takidlanishicha, "Nottingem Forest" etakchilaridan birini sotmoqchi emas.
Gibbs-Uayt 2022 yildan buyon "Nottingem Forest"da o'ynab kelmoqda. 25 yoshli angliyalik 2024/25 yilgi mavsum 38 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar