Finalga chiqqan “Chelsi“ klublar o'rtasidagi JCHdan qancha ishlab oldi?
09 iyu 08:37
Yangiliklar


Finalga chiqqan “Chelsi“ klublar o'rtasidagi JCHdan qancha ishlab oldi?
Londonning “Chelsi” klubi klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida “Fluminense”ga qarshi o'yinda 2:0 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi.
London klubi hozircha 110 million dollar ishlab topgan. Bu haqda amerikalik jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog'ida (sobiq Twitter) xabar berdi.
Jurnalistning fikricha, agar “Chelsi” jahon chempionati finalida g'alaba qozonsa, umumiy hisobda 120 million dollar ishlab olishi mumkin.
“Chelsi“ning finaldagi raqibi bugun aniq bo'ladi. Yarim finalning ikkinchi uchrashuvida PSJ “Real“ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar