So’nggi yangiliklar

19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  4 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  3 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  0 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  6 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  8 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  5 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  10 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  4 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  10

"El-Klasiko junior". Bugun "Atletiko" "Barselona"ni qabul qiladi Yangiliklar

"El-Klasiko junior". Bugun "Atletiko" "Barselona"ni qabul qiladi

Teglar :  Atletiko Barselona
Bugun, 24 noyabr kuni "Atletiko" "Barselona"ga qarshi LaLiganing 13-tur uchrashuvini o'tkazadi.

Ushbu baxsni "El-Klasiko junior" deb atash mumkin. To'g'ri, "El-Klasiko" so'zi LaLiga yaratilganidan beri uni tark etmagan jamoalar o'rtasidagi bahsga aytiladi, ammo bugungi kunda "Real" va "Barselona"dan keyin Ispaniya chempionatini titratayotgan "Atletiko" bo'ladi. Klub yildan-yilga yiriklashib bormoqda. Jamoa superyulduzi Antuan Grizmann yozda o'zi ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'olib bo'lishni istaydigan Kataloniya klubiga rad javobini berdi va buyog'iga "matraschilar" sharafini himoya qilishini aytdi. Mana shu faktning o'zi ham Madridda yana bir grand paydo bo'lganini anglatadi. Biroq bugun "Atletiko" haqida emas, LaLiganing 13-tur o'yini borasida to'xtalib o'tamiz.

Nafaqat shanbaning, balki butun turning markaziy bahsi "Vanda Metropolitano"da bo'lib o'tadi. Ikkala jamoa ham o'tgan turda nomiga mos o'yin ko'rsatmadi. Kataloniyaliklar o'z maydonida "Betis"dan 4ta gol o'tkazib yuborishdi. "Barselona" ushbu uchrashuv vaqtining 54%da to'pni nazorat qildi. Bu raqam ko'k-anorranglilar uchun juda kam. Birinchi bo'lim 0:2 hisobida yakunlandi. Darvozaga zarba berish bo'yicha natija sizni hayron qoldirishi aniq - 15:20, mehmonlar ustunlik qilishdi. "Verdiblankos" ishonchliroq ko'rindi va futbolchilar murabbiyning aytganini to'ppa-to'g'ri bajarishdi. Mark-Andre ter SHtegen o'zining chiroyli seyvlari bilan jamoani qutqarishga urindi, ammo kiper ham jamoadoshlari kabi xatoga yo'l qo'ydi.

Natijada "Barselona" 2003 yildan so'ng "Kamp Nou"da 4ta gol o'tkazib yubordi. O'sha yilik Kataloniya klubi "Deportivo"ga 2:4 hisobida yutqazgan. "Betis" 1998 yildan so'ng ilk marta "Barselona"ni raqib maydonida mag'lubiyatga uchratdi.

"Atletiko"ning o'yini yanada dramatik ko'rinishga ega bo'ldi. Joriy mavsum mehmonda umuman g'alaba qozonmagan "Atletik" Inyaki Uilyamsning gollari tufayli ikki marta hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq Tomas va Rodri o'rtadagi muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi. Ushbu bahsda durang hech kimni qoniqtirmas edi. Ikkala jamoa ham vaziyatlar yaratdi va g'alabaga umid qildi. Ammo ko'proq mezbonlarning omadi keldi. Diego Godin bosh bilan "Atletik" darvozasini ishg'ol qilib, qo'shimcha vaqtda o'z jamoasiga g'alaba keltirdi. 2009 yilning mayidan beri bu jamoalari o'rtasidagi bahsda bunchalik ko'p gol urilmagan. Demak, "Barselona"ga qarshi bahsda ham gollar shousiga guvoh bo'lamizmi?

Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi 6ta bahs 3ta durang va "Barselona"ning 3ta g'alabasi bilan yakunlangan.

Diego Godin jarohat tufayli o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Ivan Rakitich avvalgi uchrashuvdagi qizil kartochka uchun bahsni o'tkazib yuboradi. Filippe Koutinoda esa jarohat bor.


"Atletiko" qaydnomasi


"Barselona" qaydnomasi


Atletico Madrid

Diego Costa - 77'

LaLiga . 13-tur

25/11/2018, 00:45

1
:
1
Tugadi

Barcelona

Ousmane Dembele - 90'

Stadion: Estadio Wanda Metropolitano, 67204 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45'
90'
39'  Lucas Hernandez
48'  Antoine Griezmann
64'  Thomas Lemar (Vitolo)
71'  Diego Costa
77'  Diego Costa
77'  Antoine Griezmann
80'  Diego Costa (Angel Correa)
86'  Rodri
87'  Filipe Luis
29'  Sergio Busquets
46'  Sergi Roberto (Rafinha)
71'  Samuel Umtiti
80'  Arthur (Ousmane Dembele)
85'  Arturo Vidal (Malcom)
90'  Ousmane Dembele
90'  Lionel Messi
90'  Rafinha

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика