Deyan Lovren jarohat oldi
08 jan 2019 08:10
Yangiliklar


Deyan Lovren jarohat oldi
“Liverpul” futbolchisi Angliya kubogi 1/32 finali doirasida “Vulverxempton”ga qarshi o'tgan o'yinda jarohat oldi.
Lovren uchrashuvning 6-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o'rniga esa 16 yoshli Ki-Jana Xuver maydonga tushdi. Bu Xuver uchun “qizillar” tarkibidagi debyut o'yin bo'ldi. Niderlandiyalik futbolchi “Liverpul”ning Angliya kubogida maydonga tushgan tarixdagi eng yosh o'yinchisi bo'ldi.
Lovrenning jarohati haqida tibbiy tekshiruvlardan so'ng malumot beriladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar