So’nggi yangiliklar

23:58Шквирин "Андижон"да  1 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  2 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  3 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  13 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  14 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  4 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  7

"CA" Dubaydan SHarjaga ko'chdi FOTO Yangiliklar

"CA" Dubaydan SHarjaga ko'chdi FOTO

Erta tongda ijodiy guruhimiz O'zbekiston - Ummon uchrashuvi bo'ladigan SHarja shahri tomon otlandi.

Yo'lga chiqish OFK taqdim etgan rasmiy dastur bo'yicha rejalashtirilganidek emas, balki yo'l-yo'lakay amalga oshdi. Kechagi kundaliklarda aytilganidek, BAAda Osiyo Kubogi harorati u qadar sezilmayotgani, tashkiliy ishlardagi no'noqlikni qayd etmasdan iloj yo'q.

SHunga qaramasdan ijodiy guruhimiz bilan O'zbekiston - Ummon uchrashuvi bo'ladigan "SHarja" stadioniga keldik va birinchi navbatda xodimlarimiz uchun ajratilgan akkreditaciyalarni qo'lga oldik. Rasmiy hujjatlar rasmiylashtirilganidan so'ng bemalol jurnalistlar maydonchasi bo'lgan media-markazga o'tdik. Ayni paytda butun ijodiy guruhimiz Otabek SHukurov faoliyat ko'rsatadigan "SHarja" klubiga qarashli stadionda joylashgan media-markazdan ishga kirishishgan. Media-markazda hozirda Ummondan bir nafar jurnalist va O'zbekistondan saytimiz xodimlaridan tashkil topgan katta ahil jamoa ishlamoqda.


Xayrulla Xoliqov esa ayni pallalarda ummonlik hamkasbimiz bilan ertangi o'yin oldidan qizg'in suhbat qurmoqda. Tez orada Xayrulla Xoliqov ushbu suhbatni muxlislar hukmiga havola etadi.


Qayd etish kerakki, stadion hududiga kiraverishda "SHarja" klubi xodimlari bilan muloqot bo'lib o'tdi. Klub xodimlari Otabek SHukurov haqida juda ko'p iliq fikrlarni bildirishdi. Otabek allaqachon jamoa muxlislari va klub xodimlarining ham yoqimtoy futbolchisiga aylanib ulgurganini sezish qiyin emas. Umid qilamizki, ertangi bahsda Otabek SHukurov o'zi uchun begona bo'lmagan stadionda kim "xo'jayin" ekanligini ko'rsatib qo'yadi :-)


Yaqin soatlar ichida ertangi uchrashuv oldidan rejalashtirilgan rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi.

Rasmiy tadbirlar tartibi:

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va yarim himoyachi Odil Ahmedov ishtirokidagi matbuot anjumani - 15:15 (Toshkent vaqti - 16:15)

O'zbekiston terma jamoasi rasmiy mashg'uloti - 16:00 (Toshkent vaqti - 17:00)

Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi va futbolchisi ishtirokidagi matbuot anjumani - 17:15 (Toshkent vaqti - 18:15)

Ummon terma jamoasi rasmiy mashg'uloti - 18:00 (Toshkent vaqti - 19:00)


"CA" ijodiy jamoasi: Narzulla Saydullaev, Xayrulla Xoliqov, Tolibjon Qosimov, G'ayrat Xasbiulin, Jasur Aslanov, Zoir Tursunboev, SHahboz Beg'amov

SHarja, 8 yanvar

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика