"Yuventus" yangi futbolchisi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2019, 12:22
"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remzi faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.

"The Guardian" xabariga ko'ra, Remzi "Yuventus" bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishib oldi.

Unga ko'ra, uelslikning yillik maoshi 8 million evroni tashkil qiladi va Krishtianu Ronaldudan keyin jamoada eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

Remzining "Arsenal" bilan shartnomasi yozda yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian