Xorvatiya terma jamoasi ham Liverpul shahriga yetib keldi + FOTO

Tolibjon Qosimov
2 iyun 2018, 19:02
Ayni paytda Jahon chempionatida ishtirok etuvchi jamoalar o'rtoqlik o'yinlariga e'tibor qaratishgan.

Ertaga, 3 iyun kuni Braziliya hamda Xorvatiya terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. O'yin Liverpul shahridagi "Enfild" stadionida bo'lib o'tadi.

Bugun Zlatko Dalich boshchiligidagi xorvatlar Liverpulga yetib kelishdi. Biroz avval terma jamoaning tvittyerdagi rasmiy sahifasi suratlarni joyladi.

Luka Modrich muxlislar bilan selfi tushmoqda.


Bu esa Mario Manjukich va Domagoy Vida.


YCHL finalida o'ynagan Deyan Lovren.


Bu esa YCHL finalida qaydnomaga kiritilgan, ammo maydonga tushmagan Mateo Kovachich.


Braziliya terma jamoasi Liverpul shahriga yetib keldi + FOTO

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/HNS_CFF